Jahon | 01:13 / 12.05.2020
16551
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoylik virusolog Uhandagi laboratoriya faoliyati haqida so‘zlab berdi

Xitoylik mutaxassislar Uhandagi virusologiya laboratoriyasi faoliyatining ba'zi tafsilotlari bilan bo‘lishishdi. Laboratoriya direktori Yuan Chjiminning ta'kidlashicha, laboratoriya binosida biologik xavfsizlikning eng yuqori darajasiga rioya qilinadi.

Foto: Global Look Press/Liu Ying

Laboratoriya rahbariyati va xodimlari birorta virus tashqariga chiqmasligi uchun barcha imkoni bor chorani ko‘rishadi, deb yozmoqda South China Morning Post nashri. Jumladan, bino ichida manfiy bosim tizimi shakllantirilgan bo‘lib, u bino ichidagi havoni tashqariga chiqarmaydi.  

Infeksion materiallar bilan ishlovchi barcha olimlar har kuni tana harorati o‘lchanishi bilan qattiq tekshiruvdan o‘tkaziladi. Bundan tashqari, avtomatik tizim xodimlarning laboratoriyaga kirib-chiqishini qattiq kuzatadi va binoda hech kim bir o‘zi bo‘lmasligini nazorat qiladi.

Chiqindilarni utillashtirish bilan davlat ruxsatnomasiga ega kompaniyalar shug‘ullanadi. 

Avvalroq AQSh Xitoyni yangi turdagi koronavirus Uhandagi laboratoriyada yaratilganida ayblagan. Jumladan, 3 may kuni AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo AQSh buning ko‘plab isbotiga egaligini ta'kidlagan. Biroq bir necha kun o‘tib Pompeo koronavirus laboratoriyada yaratilgani haqidagi axborot haqiqiyligiga shubha borligini aytgan.

 

Mavzuga oid