Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Allergologiya va klinik immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida zamonaviy referens-laboratoriya ochildi
Ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga avtomatik biokimyoviy va gematologiya analizatorlar, koagulometr, eritrotsitlarning cho‘kish tezligini aniqlovchi hamda sentrifuga apparatlari, termostat kabi ilg‘or qurilmalar va jihozlar o‘rnatildi.
Foto: "Dunyo" AA
Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida Hindiston bilan hamkorlikda zamonaviy referens-laboratoriya ochildi.
Xabar qilinishicha, Ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga avtomatik biokimyoviy va gematologiya analizatorlar, koagulometr, eritrotsitlarning cho‘kish tezligini aniqlovchi hamda sentrifuga apparatlari, termostat kabi ilg‘or qurilmalar va jihozlar o‘rnatildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, xususan, "ALEX" tashxis usuli bemor qonidagi salkam 300 ta allergenga sezuvchanlikni molekulyar oqsil darajasida aniqlash imkonini beradi. "PROTIA Allerqy-Q 96" texnologiyasi orqali esa 90 turdagi maxsus allergenlarni bir vaqtning o‘zida tekshirish mumkin.
Shuningdek, "Thermo Fisher Scientific" kompaniyasining "Phadia 200" avtomat analizatori bir vaqtning o‘zida 100 ga yaqin allergenlarning molekulasini aniqlay oladi. Bu texnologiya allergik kasalliklar diagnostikasida xalqaro darajadagi "oltin standart"ga to‘liq javob beruvchi moslama hisoblanadi.
Mavzuga oid
11:03 / 29.11.2025
"Bu navbatdagi biznes reja": Shifokorlar va bemorlar Toshkent onkologiya kasalxonasi tugatilayotganidan norozi
09:21 / 22.11.2025
Toshkentda havo ifloslanishini aniqlash uchun maxsus mobil laboratoriyalar jalb etildi
10:08 / 15.11.2025
Yaponiya O‘zbekistonga 5,7 mln dollarlik mammografiya uskunalarini bepul ajratadi
10:34 / 13.11.2025