O‘zbekiston | 13:35 / 12.05.2020
1908
2 daqiqa o‘qiladi

Yanvar-aprel oylarida 29,1 mingtadan ortiq korxona va tashkilotlar yangi tashkil etildi - Statqo‘m

2020 yilning yanvar-aprel oylarida 29,1 mingtadan ortiq korxona va tashkilotlar yangi tashkil etildi. 

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, shundan mas'uliyati cheklangan jamiyatlar -18,4 mingta, xususiy korxonalar - 4,0 mingta, oilaviy korxonalar - 5,5 mingta, muassasalar - 0,4 mingta va boshqalar - 0,8 mingtani tashkil etdi.

2020 yil 1 may holatiga ko‘ra, sanoat korxonalari va tashkilotlari soni 72,1 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13,6 foizga oshdi. 

Jami sanoat korxonalari va tashkilotlari ko‘payishining asosiy omili - ishlab chiqarish (qayta ishlash) sanoatida - 13,6 foizga (jami sanoatdagi ulushi 94,5 %), tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash - 18,4 foizga (jami sanoatdagi ulushi 3,4 %), elektr, gaz, bug‘ bilan ta'minlash va havoni konditsiyalash - 31,8 foizga (jami sanoatdagi ulushi 0,6 %) va suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni utilizatsiya qilish - 9,2 foizga (jami sanoatdagi ulushi 1,5 %) o‘sishidir.

2020 yil 1 may holatiga ko‘ra, qurilish sohasida korxona va tashkilotlar soni 37,9 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 22,2 foizga oshdi. 

Jami qurilish sohasidagi korxona va tashkilotlar soni ko‘payishining asosiy omili bu - bino va inshootlar qurishda - o‘tgan yilga nisbatan 14,7 foizga (jami qurilishdagi ulushi 57,9 %), fuqarolik obektlarini qurish - 33,1 foizga (jami qurilishdagi ulushi 9,7 %), ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari - 34,4 foizga (jami qurilishdagi ulushi 32,4 %) o‘sishidir.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid