Kim Chen In yana ko‘zdan g‘oyib bo‘lgani ma'lum qilindi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In noma'lum sababga ko‘ra yana ko‘rinmay qoldi. Bunga New York Post nashri e'tibor qaratdi.
Nashrning ta'kidlashicha, Kim Chen In 12 kundan beri ko‘rinmayapti va hech qanday bayonotlar bermayapti. “Balki u haqiqatan ham fabrikalarda tasmalar kesayotgandir, biroq bu suratlar haqiqiyligini tekshira olmaymiz”, deb izoh bergan Kim Chen Inning oxirgi marta ko‘rinish berganiga AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Robert O'Brayyen.
15 aprelda Kim Chen In o‘z bobosi, Shimoliy Koreya asoschisi Kim Ir Sen tavallud kunining nishonlanishida ishtirok etmagandan keyin uning og‘ir ahvoldaligi yoki hattoki o‘lgan bo‘lishi mumkinligi haqida gaplar tarqalgandi.
Biroq 2 may kuni uning fabrikalardan birining tantanali ochilishida qizil tasmani kesayotgani surati paydo bo‘lgan. Suratda u sog‘lom ko‘rinishda bo‘lgan.
Mavzuga oid
19:12 / 15.11.2024
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
09:08 / 08.11.2024
Zelenskiy: Kursk oblastidagi KXDR askarlari yo‘qotishlarga duchor bo‘lmoqda
22:13 / 31.10.2024
Ukraina Kim Chen Inni hibsga olish orderi bo‘yicha XJSga murojaat qiladi
21:26 / 29.10.2024