Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mo‘g‘ulistonda koronavirusga chalinganlar rekord miqdorda aniqlandi. Ularning deyarli barchasi Rossiyadan qaytganlar
Mo‘g‘ulistonning Rossiya bilan an'anaviy aloqalari mamlakatga xavf solmoqda, deya qayd etadi Bloomberg.
Mo‘g‘ulistonda bir sutka ichida koronavirusga chalinganlik holatlari rekord miqdorda o‘sdi. Yangi aniqlangan bemorlarning deyarli barchasi Rossiyadan qaytib kelganlar, deb xabar berdi Xinhua agentligi Mo‘g‘uliston yuqumli kasalliklar milliy markaziga tayanib.
Markaz dastlab 19 bemor aniqlangani, ularning 18 nafari mamlakatga Rossiyadan qaytganlar ekanligini ma'lum qilgandi. Keyinroq yana 37 kishida koronavirus aniqlandi, ularning barchasi Mo‘g‘ulistonga Rossiyadan kelgan fuqarolardir. Bungacha mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 42ta edi, endilikda 98taga yetdi.
Mo‘g‘ulistonning Rossiya bilan an'anaviy aloqalari mamlakatga xavf solmoqda, deya qayd etadi Bloomberg. Mo‘g‘ulistondan ko‘pchilik Rossiyada ishlaydi va o‘qiydi. Rossiya shuningdek, mamlakatning eng yirik savdo hamkorlaridan biri hisoblanadi.
Mo‘g‘uliston shuningdek, koronavirus tarqalishi boshlangan Xitoy bilan ham chegaradosh. Mamlakat shu bois virus tarqalishiga qarshi zudlik bilan choralar ko‘rgandi. Mo‘g‘ulistonda xalqaro sayohatlar cheklandi va mamlakatga kirayotganlar uchun 21 kunlik karantin belgilandi. Poytaxt Ulan-Batorda cheklovlar martdayoq qabul qilingandi.
Mavzuga oid
10:06 / 09.03.2026
O‘zbekiston Mo‘g‘ulistonning istiqbolli uran konlarini o‘rganadi
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
08:46 / 19.08.2025
Mo‘g‘ulistondan O‘zbekistonga qo‘ylarning birinchi partiyasi yetkazildi
11:11 / 16.08.2025