Amerikalik senator koronavirus haqidagi ma'lumotlardan o‘z manfaati yo‘lida foydalanishda gumon qilinmoqda
Ichki ma'lumotlardan o‘z manfaati yo‘lida foydalanishda gumon qilinayotgan amerikalik senator, senatning razvedka bo‘yicha qo‘mitasi raisi Richard Berr o‘z lavozimini tark etishga qaror qildi.
Bu haqda senatdagi respublikachilar yetakchisi Mitch Makkonnell ma'lum qildi.
Senatning razvedka bo‘yicha qo‘mitasi boshlig‘i va koronavirus bilan bog‘liq vaziyat haqida ma'lumotlardan xabardor bo‘lgan Berr fevral oyida bir nechta yirik kompaniyalarning o‘ziga tegishli yuz minglab dollarlik aksiyalarini sotib yuborgan. Keyinroq AQSh adliya vaziri, FQB va qimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha davlat komissiyasi (SEC) siyosatchining bu harakatlari bo‘yicha tergov boshlagan.
“Senator Berr men bilan bog‘lanib, tergov o‘tkazilishi vaqtiga razvedka bo‘yicha qo‘mita raisi lavozimidan ketishga qaror qilganini ma'lum qildi. Biz u bilan bu qaror qo‘mita manfaatlariga mosligi borasidagi to‘xtamga keldik”, deb aytgan Makkonnell.
ProPublica nashrining aniqlashicha, Berr 13 fevraldan boshlab o‘ziga va rafiqasiga tegishli 688 ming dollardan 1,72 mln dollargacha baholanuvchi aksiyalarni sota boshlagan. Aksiyalar 33 ta alohida kelishuv davomida sotilgan.
Kongress a'zolariga insayderlik savdosi bilan shug‘ullanish taqiqlangan. Bu taqiqlov 2012 yilda Barak Obama ma'muriyati vaqtida qabul qilingan “Kongress bilimlari asosida savdoni to‘xtatish” (STOCK) qonuni bilan qabul qilingan. Berr o‘shanda bu qonunga qarshi ovoz bergan uch senatordan biri bo‘lgan.
Berrning lavozimi unga AQSh maxsus xizmatlari taqdim qiladigan o‘ta maxfiy ma'lumotlarni olish imkonini bergan. Reuters axborot agentligining xabar berishicha, fevralda AQSh razvedka xizmatlari senatorlarga koronavirusning xavfi va uning tarqalishi tezligi haqida har kun hisobot berib kelishgan.
Fevral o‘rtalarida AQSh fond birjasi tarixiy maksimumlarga yaqin bo‘lgan. Biroq Berr o‘z aksiyalarini sotib bo‘lgandan bir hafta o‘tgach, mart oyi boshida birja falokatli qulashni boshdan kechirgan.
Mavzuga oid
22:30 / 15.11.2024
Tramp jamoasi bilan Ukrainadagi urush tezroq tugaydi - Zelenskiy
19:22 / 15.11.2024
Amerikalik harbiy xizmatchilar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari ortdi
21:21 / 14.11.2024
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
16:56 / 14.11.2024