Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moldovada favqulodda holat rejimi yakunlangani e'lon qilindi
Modova barcha mamlakatlar bilan aviaparvozlarni to‘xtatgan, quruqlikdagi chegaralar ham yopilgandi. Ommaviy tadbirlar bekor qilingan, o‘quv muassasalaridagi mashg‘ulotlar to‘xtatilgandi.
Moldova bosh vaziri Ion Kiku mamlakatda koronavirus sababli joriy etilgan favqulodda holat rejimi yakunlanganini e'lon qildi. Ammo 16 maydan respublikada sog‘liqni saqlash saqlash sohasidagi favqulodda holat rejimi amal qila boshlaydi.
"Bugun Moldovada favqulodda holat rejimi yakunlanadi. Shuningdek, favqulodda holat bo‘yicha maxsus komissiya vakolatlari ham nihoyasiga yetadi, ammo mamlakatda pandemiya tugamaganligi sababli sanitar-epidemiologik cheklovlar o‘z kuchida qoladi. 30 kun muddatga sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda holat rejimi o‘rnatildi", - dedi Kiku.
Avvalroq respublika barcha mamlakatlar bilan aviaparvozlarni to‘xtatgan, quruqlikdagi chegaralar ham yopilgandi. Ommaviy tadbirlar bekor qilingan, o‘quv muassasalaridagi mashg‘ulotlar to‘xtatilgandi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Moldovada koronavirusga chalinganlar soni 5,7 mingdan ortiq bo‘lib, 202 kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
13:41 / 18.03.2026
Moldovada Ukraina chegarasi yaqinida qulagan dron topildi
13:33 / 12.03.2026
Moldova hukumati mamlakatning MDHdan chiqishini ma’qulladi
15:16 / 21.02.2026
Ukraina va Moldovada qator qotilliklarni tayyorlagan guruh fosh etildi
11:44 / 30.01.2026