Jamiyat | 09:22 / 16.05.2020
11987
2 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada 500 kvadrat metrdan ortiq yer maydonidagi taqiqlangan ekinlar yo‘q qilindi

Farg‘ona viloyatida ichki ishlar organlari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya va mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda “Qoradori - 2020” keng qamrovli tadbirining birinchi bosqichi o‘tkazib kelinmoqda.

Foto: IIB axborot xizmati

Viloyat IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, 2020 yilning 1-15 may kunlari giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq jami 50 dan ortiq holatlar qayd etildi. Ular giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda saqlash va o‘tkazish, kuchli ta'sir qiluvchi vositalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish hamda taqiqlangan ekinlarni ekish va yetishtirishni tashkil qiladi.

Shu bilan birga, 30 dan ortiq holatda 20.000 tupdan ko‘p bo‘lgan “ko‘knori” va “nasha” giyohvandlik o‘simliklari qonunga xilof ravishda parvarishlanayotganligi aniqlanib, yo‘q qilish choralari ko‘rildi.

Shuningdek, tadbir davomida “ko‘knori”, “marixuana” va kuchli ta'sir qiluvchi jami 200 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositalari olindi.

Aniqlangan holatlar bo‘yicha Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, aybdor shaxslarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid