Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maxsus komissiya Rossiyadan ketmoqchi bo‘layotgan o‘zbeklar va tojiklar masalasini hal qiladi
O‘zbekiston, Rossiya va Qozog‘iston vakillari Samara oblastidagi chegaraoldi hududida uylariga qaytish umidida to‘plangan O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari masalasini hal qiladi.
“Interfaks” axborot agentligiga Samara viloyati ma'muriyati matbuot xizmatida ma'lum qilinishicha, ayni vaqtda Samara oblastiga Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi chegara ochilishi umidida kelgan o‘rta osiyolik fuqarolar ro‘yxati tuzilmoqda.
“Mintaqaviy shtab O‘zbekiston va Tojikistonning 936 fuqarosini vatanlariga qaytarish bilan bog‘liq vaziyatni hal qilish uchun choralar ko‘rmoqda”, deb aytgan manba.
Chegaraoldi hududiga kelganlardan ko‘pchiligining Rossiya hududida qolishga ruxsat beruvchi hujjatlari muddati tugamoqda. Barcha migrantlar lager-observatorga joylanib, yegulik, suv va himoya vositalari bilan ta'minlangan.
Avvalroq O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi Rossiyada bo‘lgan 65 ming o‘zbekistonlik koronavirus pandemiyasi sababli kiritilgan karantin choralari sharoitida uyga qaytishga ariza topshirganlarini ma'lum qilgan. Shuningdek, Rossiya-Qozog‘iston chegarasida to‘plangan o‘zbekistonliklarni vatanga qaytarish maqsadida bir marta istisno tariqasida ruxsat berilishi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
09:35
MAKS aviakosmik ko‘rgazmasi yana bir yilga qoldirildi
16:23 / 11.06.2026
Armaniston hukumati geosiyosiy kursini o‘zgartirish uchun xalqdan mandat oldi - siyosatshunoslar
14:20 / 11.06.2026
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
18:53 / 10.06.2026