Jahon | 09:57 / 18.05.2020
2298
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyada koronavirusga chalinganlar aloqalarini bilish uchun 17 ming kishi yollandi

Britaniyada koronavirusga chalinganlar kimlar bilan aloqada bo‘lgani ortidan kuzatish uchun 17 ming kishi yollandi. 

Foto: REUTERS

Bu haqda Sky News telekanali efirida koronavirus bo‘yicha idoralararo guruh rahbari Maykl Gouv ma'lum qildi.

Mutaxassislar o‘z ishini 18 mayda boshlaydi. Umumiy hisobda bu maqsadda 18 ming kishidan foydalanish rejalashtirilgan. Bu dastur to‘liq hajmda may oxirigacha ishlab ketishi kerak. Gouvning ta'kidlashicha, qolgan ming kishi joriy haftada yollanadi.

Ushbu dasturda ishlovchi odamlar koronavirusga chalinganlarga qo‘ng‘iroq qilib, ular kimlar bilan aloqada bo‘lganlari haqida ma'lumot olishadi va qoronavirusga chalingan kishilar bilan yaqin orada aloqada bo‘lganlarga maslahatlar berishadi. Bu ishlar Britaniya hukumati tomonidan koronavirusga qarshi kurashga qaratilgan “Testlash, tarqalishni o‘rganish va kuzatuv olib borish” strategiyasining bir qismi hisoblanadi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid