Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jyek Ma Softbank Group yapon kompaniyasi direktorlar kengashini tark etadi
Yaponiyaning Softbank Group telekommunikatsiya kompaniyasi xitoylik milliarder Jyek Ma kompaniya direktorlar kengashini tark etishini e'lon qildi. Ma kompaniyani 25 iyunda tark etadi. O‘shanda direktorlar kengashi yangi tarkibi shakllantiriladi.
Ma kompaniya boshqaruviga 2007 yilda qo‘shilgan. Shu bilan birga, milliarder kompaniya bilan 2000 yildan bog‘langan bo‘lgan. O‘shanda Softbank Group bosh direktori va asoschisi Masayesi Son xitoylik tadbirkor asos solgan Alibaba kompaniyasiga 20 mln dollar sarmoya qiritgan. Ayni vaqtda Softbank Xitoy kompaniyasining 25 foizga yaqin aksiyasiga ega. Bu aksiyalarning hozirgi narxi 546 mlrd dollarni tashkil qiladi.
Softbank’da ta'kidlanishicha, kompaniyani tark etish tashabbusini Maning o‘zi bildirgan. Biroq uning kompaniyani tark etishi haqidagi xabar yapon kompaniyasi va uning asosiy investitsiya jamg‘armasi rekord zarar ko‘rgani ma'lum qilingandan keyin paydo bo‘lgan. Kompaniya 31 mart kuni yakunlangan 2019 moliyaviy yilda 13 mlrd dollar, uning investitsiya jamg‘armasi esa 18 mlrd dollar zarar ko‘rgan.
2019 yil kuzida Ma Alibaba direktorlar kengashi raisi lavozimini tark etgandi. O‘shanda u buni xayriya faoliyati bilan shug‘ullanmoqchiligi bilan tushuntirgan.
Mavzuga oid
19:37 / 12.03.2023
«Milliarderlar ovi». Nega Xitoyda yirik ishbilarmonlar g‘oyib bo‘lmoqda?
18:21 / 05.11.2021
Jyek Ma Xitoyning eng badavlat odamlari reytingida beshinchi o‘ringa tushib ketdi
14:37 / 24.05.2021
Jyek Ma hukumatning bosimi sababli o‘zi asos solgan universitet rahbarligidan ketadi
11:29 / 24.04.2021