Xitoy Xalq banki Jyek Maga tegişli kompaniya Ant Group’dan özining iste'molçilarga bergan qarzlari töğrisidagi ma'lumotlarini sobiq regulyatorlar rahbarlari tomonidan boşqariladigan hukumat nazorati ostidagi kompaniyaga taqdim etişini istamoqda. Iste'mol kreditlari Ma kompaniyasining eng qimmatbaho boyliklaridan biri hisoblanadi.
«Hukumatning juda köp aralaşuvi bu soha taraqqiyotini va rivojlanişini orqaga tortadi», deb ta'kidlagan kompaniya bilan işlagan bankir.
«Xitoy Xalq bankining bunday tanlovi manfaatlar töqnaşuvini yuzaga keltiradi. Eng muhim ustuvor yönaliş — bu yangi biznesning töliq mos kelişiga işonç hosil qilişdir», deb izohlagan regulyatorning qaraşlari bilan taniş manbalardan biri. Manbaga köra, hukumat aralaşuvi «uşbu maqsadga erişişga yordam beradi».
Har ikki tomon ham vaziyatga izoh berişdan boş tortgan. Xalq bankining közlagan asosiy maqsadi Ant Group ustidan nazoratni yanada kuçaytirişga qaratilgan.
Avvalroq, Xitoy antimonopol kompaniyalari Alibaba’ga rekord darajada — 975 million dollar jarima tayinlaşi mumkinligi ma'lum qilingandi. Bunga 2020 yil oxirida Alibaba rahbari Jyek Maning Xitoy moliya idoralari faoliyatini tanqid qilgani asosiy sabab sifatida körsatilgan.
Şundan söng XXR bozor regulyatori kompaniyani monopoliyaga qarşi qonunlarni buzgani uçun 2,78 milliard dollar miqdorida jarimaga tortganini ma'lum qildi.
Şuningdek, XXR raisi Si Tszinpin Xitoy Kommunistik partiyasi moliyaviy maslahat va muvofiqlaştiruvçi qömitasi yiğilişida köplab ma'lumotlar va iqtisodiy qudratga ega bölgan internet-kompaniyalari ustidan nazoratni kuçaytiriş, monopoliyalarga qarşi kuraş va kapital nazoratsiz köpayişining oldini oliş böyiça körsatma bergandi.
Bundan taşqari, kompaniya asosçisi Jyek Maning öz uluşini sotiş imkoniyatlarini örganayotgani ma'lum qilingandi.







