Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun genetik bank yaratiladi
Vazirlar Mahkamasining 13.05.2020 yildagi «Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi faoliyatini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi o‘simliklari turlarining Milliy genbankini yaratish to‘g‘risida»gi 282-son qarori qabul qilindi.
Norma’ning yozishicha, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazining vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
qishloq xo‘jaligi ekinlari, navlari va duragaylari sinovini xalqaro standartlar darajasiga yetkazish;
qishloq xo‘jaligi ekinlari yangi navlari bo‘yicha seleksiya yutuqlarining patentga layoqatliligini ekspertizadan o‘tkazish;
sinash ishlariga resurs tejovchi va innovatsion texnologiyalarni joriy etish;
nav sinash stansiyalari va laboratoriyalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
Qaror bilan Milliy genetik bank yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining negizida O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi.
Hujjat 14.05.2020 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
09:06 / 03.06.2026
O‘zbekiston Afg‘onistonga qishloq xo‘jaligi urug‘liklarini beg‘araz yetkazib berdi
20:28 / 14.05.2026
Intensiv bog‘dorchilikka o‘tish: prezident eski bog‘larni yangilashni buyurdi
20:32 / 12.05.2026
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasida yagona markazlashgan tizim yaratiladi
19:05 / 12.05.2026