Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy o‘z elchisining o‘limi tafsilotlarini o‘rnatish uchun Isroilga maxsus jamoa jo‘natadi
Xitoy 18 may kuni Isroildagi elchisi Du Vey vafotining ichki tergovini o‘tkazish uchun Isroilga maxsus jamoa jo‘natadi. Elchi 17 may kuni Tel-Aviv yaqinidagi qarorgohida jonsiz holda topilgandi.
Jamoaning yuborilishi haqida Isroilning Haaretz nashri xabar berdi. Nashrning o‘z manbalariga tayanib ma'lum qilishicha, maxsus jamoa elchining o‘limi tafsilotlarini o‘rnatish uchun ichki tergov o‘tkazadi va Xitoy elchixonasining faoliyatini muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari, jamoa elchi jasadining Xitoyga jo‘natilishini tashkillashtiradi. Jamoa bilan birga Isroilga elchi oilasining vakili ham uchib keladi.
Ta'kidlanishicha, Du Vey Isroildagi elchi lavozimini joriy fevraldagina egallagan. Xitoy markaziy televideniyesi u salomatligidagi sabablarga ko‘ra vafot etganini, biroq bu “qo‘shimcha tekshiruv va tasdiqni talab qilishini” ma'lum qilgan.

Xitoy tashqi ishlar vazirligi elchining vafoti munosabati bilan uning oilasiga ta'ziya bildirgan.
Avvalroq o‘z hamdardligini Isroil tashqi ishlar vaziri Israel Kats bildirgandi. “Meni Du Veyning to‘satdan vafot etishi haqidagi fojiali xabar eskankiratib qo‘ydi. Elchi Du Vey atoqli diplomat edi, u Isroilda qisqa vaqt bo‘lishiga qaramay, davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar rivojiga o‘z hissasini qo‘shishga ulgurdi”, deb aytilgan Katsning bayonotida.