Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada 30 yil ichida ilk bor 6 egiz chaqaloq dunyoga keldi
Fransiyada 30 yil ichida ilk bor 6 egiz chaqaloq dunyoga keldi. 5 qiz va bir o‘g‘il chaqaloq Strasburg shahridagi shifoxonalardan birida tug‘ilgan.
Bu haqda RTL radiostansiyasi xabar berdi.
Og‘irligi 630 grammdan 730 grammgacha keluvchi egizaklar homiladorlikning 25-haftasida kesarcha kesish yordamida tug‘dirib olingan. Chaqaloqlarning onasida bungacha 2 nafar farzand bo‘lgan.
Chaqaloqlarning dunyoga kelishlariga yordam berish uchun 30 nafar mutaxassisdan iborat jamoa jalb qilingan. Yangi “mehmonlar” neonatal jonlantirish bo‘limiga joylashtirilganlar, ular shifoxonada yana bir necha oy qolishlariga to‘g‘ri keladi.
6 egiz chaqaloqning tug‘ilishi dunyoda o‘rtacha 4,7 mlrd tug‘ruqdan biriga to‘g‘ri keluvchi kam uchrovchi hodisa hisoblanadi. Ta'kidlanishicha, Fransiyada bunday egizaklar 1989 yilda Parijda dunyoga kelgan.
Mavzuga oid
09:55 / 14.07.2026
Fransiyada o‘rmon yong‘ini: mingga yaqin kishi evakuatsiya qilindi
21:45 / 09.07.2026
Saida Mirziyoyeva yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
08:43 / 09.07.2026
Pavel Durov Parijda yana so‘roq qilindi
09:25 / 03.07.2026