Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MIB Toshkentdagi qurilish kompaniyasining 6 yillik soliq qarzini naqd pul ko‘rinishida undirdi
Majburiy ijro byurosi Olmazor tuman bo‘limi «Mukammal Obod qurilish» MChJning 1,5 mlrd so‘mdan ziyod soliq qarzdorligini 3 kun ichida naqd pul ko‘rinishida undirdi.
Foto: Majburiy ijro byurosi
Byuroning Toshkent shahar boshqarmasidan ma'lum qilishlaricha, «Mukammal Obod qurilish» MChJdan undiruvchi Olmazor tumani DSI foydasiga 1 545 040 818 so‘m soliq qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi sud ijro hujjati shu yilning 5 may kuni kelib tushgan.
«Olmazor tuman DSI tomonidan MIB Olmazor tuman bo‘limiga taqdim etilgan ilova hujjatlar nusxasiga ko‘ra, qarzdor jamiyat aslida 2014 yildan boshlab tuman DSIga soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamagani oqibatida shunday katta miqdordagi qarzdorlik yuzaga kelgan.
Karantin vaziyatida byuroning Olmazor tuman bo‘limi tomonidan masofadan turib olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor tashkilotning hisob raqamida pul mablag‘i yo‘qligi aniqlandi. Bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan to‘g‘ri tushuntiruv va targ‘ibot tadbirlari natijasida qarzdor jamiyat 6 yillik soliq qarzdorligini to‘ladi.
Joriy yilning 8 may kuni qarzdor korxonadan naqd pul ko‘rinishida 1 545 040 818 so‘m pul mablag‘lari MIB Olmazor tuman bo‘limi depozit hisob raqamiga undirilib, tuman DSI hisob raqamiga o‘tkazib berildi», – deyiladi MIB Toshkent shahar boshqarmasi xabarida.
Mavzuga oid
22:24 / 06.03.2026
Bosh reja o‘zgardi, ayrim hududlarda binolarning qavati oshirildi, bunga qanday ehtiyoj bor edi? – rasmiylar javob berdi
10:29 / 05.03.2026
Uy-joy qurilishida yer ajratish va ruxsat berish tartiblari tezlashtiriladi
10:00 / 05.03.2026
Milliy bog‘da katta qurilish: daraxt kesilgani uchun kim javob beradi?
08:40 / 05.03.2026