Prezident qaroriga muvofiq, quriliş jarayonlarini raqamlaştiriş va ular ustidan nazoratni kuçaytiriş maqsadida «Uy-joy» yagona raqamli urbanizatsiya platformasida bir qator yangi raqamli instrumentlar joriy etiladi.
Jumladan, qurilişning barça bosqiçlarini kuzatiş uçun Istiqbolli quriliş hududining yagona identifikatori, Loyihaning raqamli pasporti hamda Kapital quriliş obektining raqamli pasporti şakllantiriladi. Uşbu tizim «Şaffof quriliş» axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi.
Qarorga köra, 2026 yil 1 oktyabrdan yagona identifikator raqami berilmagan quriliş obektlari uçun quriliş işlarini boşlaşga ruxsatnoma beriş taqiqlanadi.
Şuningdek, 2027-2028 öquv yilidan Toşkent arxitektura-quriliş universitetida Zamonaviy urbanistika va aglomeratsiyalarni boşqariş fakulteti taşkil etiladi.
Bundan taşqari, Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantiriş milliy qömitasi huzurida Urbanistika, arxitektura va loyihalaştiriş kreativ parki faoliyati yölga qöyiladi.
Qarorda şaharlarni barqaror rivojlantiriş, aholini zamonaviy va arzon uy-joy bilan ta’minlaş, şahar muhiti sifatini yaxşilaş hamda iqlim barqarorligini mustahkamlaş maqsadida Milliy qömitaning BMTning Aholi punktlari böyiça dasturi — UN-Habitat bilan hamkorligi yanada kengaytirilişi ham belgilangan.

















