– Rustamjon, xuş kelibsiz. Avvalo özingizni taniştirsangiz va surdotarjimonlik sohasida işlaşingizga nima turtki bölganini sözlab bersangiz.

– Assalomu alaykum. Taklif qilganlaringiz uçun rahmat. Men aslida soham böyiça futbol murabbiyiman, Özbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini tugatganman. 28 yoşdaman, oilam, bir öğlim va bir qizim bor.

Surdotarjimonlikni boşlaşim hayotimdagi katta burilişlardan biri böldi, deya olaman. Ma'lumki, yurtimizda minglab kar-soqov insonlar bor. Ular Islom ma'rifatidan bebahra qolmasligi kerakligi allaqaçon anglab yetilgan va bu böyiça qator dasturlar amalga oşirilib kelinmoqda. Jumladan, poytaxtning yirik masjidlarida imomlar yonida surdotarjimonlar işlaşmoqda va juma ma'vizalarini töğridan-töğri tarjima qiliş yölga qöyilgan. Mana şu jarayonlarga oz bölsa-da hissamni qöşay deb şu sohada işlayapman.

– Şayx hazratning ma'ruzalarini tarjima qiliş loyihasi qanday tuğilgan?

– Hazratning ma'naviy merosi şu qadar ulkanki, hali köpçilik avlodlar örganib, bahra olişlari uçun yetarli. Diniy qömita va Özbekiston Musulmonlar idorasi taşabbusi bilan Ramazon kunlarida şayximizning ma'ruzalaridan iborat mana şunday loyiha xalqimizga taqdim etilayotgani, şunda surdotarjimon sifatida iştirok etişga taklif etişganida juda xursandçilik bilan rozilik berdim.

Agar kamtarona mehnatim oz bölsa-da ma'qul bölgan bölsa, şu savobli işlarga boş qöşib qolgan bölsam baxtliman, albatta.

– Bu loyiha qança vaqt oldin tayyorlab qöyilgan, faqat bu yilgi ramazonga möljallangan 30 kunlik dasturlarmi yoki kelgusida ham davom ettirilişi rejalaştirilganmi?

– Yuqorida aytganimday, şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining turli yillarda qilgan ma'ruzalari mavjud. Men faqat bu yil taqdim etilgan ma'ruzalardan boxabarman, ular ramazondan oldin töliq tayyorlab qöyilgandi.

Bordi-yu kelgusida ham şunday rejalar bölsa hamda mening xizmatimga ehtiyoj sezsalar, bajonidil rozi bölaman.

– Muxlislaringizdan biri şunday maktub yöllabdi: «Bir oy Ramazonda şu yigit bizga qadrdon bölib qoldi. In şaa Alloh, Toşkentga borsam, şu yigitni topib, bir imo-işoralaşaman. Köp narsani bilib oldim. Yuzingni siypalasang musulmon degani, barmoğingni labingga bossang Ramazon degani ekan. Hazrat arabça duo qilayotganda «jim turib», duo qilişlari biram yaraşadi. Biz Qur'on öqilayotganida ham jim turişni bilmasligimizdan uyalib ketaman...».