Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning ilmiy merosini Özbekiston böylab va butun dunyodagi özbekzabon musulmonlarga tarqatişni maqsad qilgan “Peşqadam karvoni” loyihasi 2 yil avval Muslimat.uz sayti, Bintu Sodiq ijtimoiy-ma’rifiy kanallari rahbari Odinaxon Muhammad Sodiq tomonidan yölga qöyilgan edi.

Beş yönalişda iş olib borayotgan loyihada barça iştirok etişi mumkin. Yönalişlar kitobxonlikni tarğib qiliş, turli sohalarda xotin-qizlar faolligini oşiriş, Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf asarlari yuzasidan ilmiy işlar yozişni qamrab olgan.

Tadbirning asosiy qismida kitobxonlikni tarğib qiliş yönalişida qilingan işlar sarhisob qilindi. Respublikaning turli hududlaridagi loyiha bilan hamkorlikda oçilgan kutubxonalarda yil davomida 25 ta kitobxonlik marafonlari ötkazildi.

Şuningdek yil davomida e’lon qilingan "Kutubxonangiz bilan örnak böling" , "Kitobxonlik tadbiri taşkil etiş" tanlovlari hamda "Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh kitoblarida Ramazon oyi fazilatlari va rözaga doir masalalarning yoritiliş tahlili" mavzusidagi maqolalar tanlovi ğoliblari, samarali faoliyat olib borgan a’zolar, loyihaning eng faol xodimlari taqdirlandi.