Şavkat Mirziyoyev Köksaroyda Özbekiston mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan taqdirlanganlarga davlat mukofotlarini topşirmoqda. Ular orasida diniy ulamolar ham bor. Prezident matbuot xizmati marhum Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf taqdirlangan orden uning öğliga topşirilgani haqidagi videoni e’lon qildi.

27 avgustda e’lon qilingan farmonda şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf “özining serqirra faoliyati hamda beqiyos ilmiy-ma’rifiy merosi bilan islomiy tafakkur va madaniyatni ravnaq toptiriş, muqaddas dinimizning uluğ insoniy ğoyalarini xalqimizga yetkaziş, maşhur ulamolarimizning bebaho asarlarini çuqur tadqiq etiş, turli mamlakat va ölkalarda keng tarğib qiliş borasidagi köp yillik samarali mehnati, xalqaro miqyosda dinlararo muloqotni yölga qöyiş, millat va elatlar örtasida hamjihatlik va ahillikni mustahkamlaş, jamiyat hayotida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlaşga qöşgan ulkan hissasi, diniy va dunyoviy bilimlarni puxta egallagan yetuk mutaxassislarni tayyorlaş, yoş avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaş yölidagi alohida xizmatlari uçun” mukofotlangani ma’lum qilingan.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 1952 yil 15 aprelda Andijon viloyatida tuğilgan. Buxoro şahridagi Mir Arab madrasasida, Toşkentdagi imom Buxoriy nomli Islom oliy ma’hadida, Liviyaning Tripoli şahridagi Islomiy da’vat fakultetida tahsil olgan. Örta Osiyo va Qozoğiston musulmonlari diniy idorasi va Oliy ma’hadda turli lavozimlarda faoliyat yuritgan ulamo 1989 yilga kelib Örta Osiyo va Qozoğiston musulmonlari diniy idorasi muftiysi lavozimiga tayinlangan.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 1989 yilda sobiq sovet Oliy Kengaşiga deputat etib saylangaç, sobiq ittifoq prezidenti Mixail Gorbaçyov va Oliy Kengaşga ittifoq musulmonlarining huquq va erkinliklarini ta’minlaş yuzasidan bayonnoma taqdim etgan. Uning Gorbaçyov bilan bevosita muloqotidan keyin Moskvaning musulmonlarga nisbatan siyosatida ijobiy özgariş sezila boşlagani aytiladi. Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning sa’y-harakatlari bilan sobiq ittifoqda köplab masjidlar va madrasalar oçila boşlandi, musulmonlarga öz diniy urf-odatlarini, marosimlarni ado etişga ruxsat berila boşlandi. Sobiq ittifoqdan haj safariga boradigan musulmonlarning soni keskin oşirildi.