Loyiha juda katta va keng kölamli, köp tarmoqli va eng asosiysi, keng ommaga möljallangan. «Peshqadam karvoni» loyihasi jamiyatda xotin-qizlar faolligini oşiriş, ularning ilm-fan sohasida bilim olişlariga kömaklaşiş, kitobxonlikni tarğib qiliş maqsadida taşkil etildi.

Loyihadan közlangan asosiy maqsadlardan yana biri – fazilatli şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning ilmiy meroslarini butun Özbekiston böylab, qolaversa, boşqa yurtlardagi özbekzabon musulmonlarga tarqatişdan iborat.

«Peshqadam karvoni» loyihasi barça uçun möljallangan bölib, iştirokçi öz imkoniyatidan kelib çiqqan holda uning birorta bölimini tanlaşi mumkin.

Loyiha beş yönalişdan iborat:

1. Kutubxonalar taşkil qiliş, ularni kitoblar bilan ta’minlaş;

2. Kitobxonlik maktabi va uning qoşida tadbirlar taşkillaştiriş, Hazratimizning kitoblarini öqib örganişda ayol-qizlarimizga kömak beriş;

3. Hazratimizning asarlari borasida ilmiy işlar yoziş.

4. Hazratimizning media sohasida amalga oşirgan işlarini keng tarğib qiliş.

5. Turli sohalarda ayol-qizlarimizdan mutaxassislar yetişib çiqişiga kömak beriş.

Loyihaga a’zo bölişni istaganlar quyidagi botga murojaat qilişlari mumkin: t.me/peshqadam_karvoni_bot