Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh, Kanada va Meksika chegaralari pandemiya sababli yana bir oy yopiq qoladi
AQSh, Kanada va Meksika koronavirus tarqalishi oldini olish uchun chegara orqali ahamiyatsiz safarlarga taqiqlovni yana 30 kunga uzaytirdi.
AQSh ichki xavfsizlik vazirligida ta'kidlanishicha, mart o‘rtalarida birinchi marta kiritilgan cheklovlar 22 iyungacha uzaytiriladi.
“Bu davlatlarimizda odamlarni xavfsizlikda ushlaydigan juda muhim qarordir”, deb izoh bergan bu kelishuvga Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo.
Meksika tashqi ishlar vazirligi ham cheklovlar amal qilishi muddati uzaytirilganini ma'lum qilgan.
“Cheklovlar dastlabki shartlar bo‘yicha davom etadi. Ikkala davlat ham chegaraoldi hududida sog‘liqni saqlash bo‘yicha choralarni muvofiqlashtirishni davom ettiradi”, deyilgan Meksika tashqi ishlar vazirligi xabarida.
Vashington, shuningdek, AQSh chegarasida ushlangan migrantlarni tezkorlik bilan deportatsiya qilishga ruxsat beruvchi qoidalar kengaytirilishini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
22:12 / 11.06.2026
AQSh Ukraina va Erondagi urushlar tufayli dunyodagi eng yirik neft eksportchisiga aylandi
21:17 / 11.06.2026
Tramp Eron neft va gaz bozorlarini «to‘liq Amerika nazorati ostiga» olishga va’da berdi
20:29 / 11.06.2026
Eron afsonaviy Apacheʼni urdi. Urush qaytalandi
14:37 / 11.06.2026