Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh koronavirusga qarshi xalqaro kurash uchun yana 162 million dollar ajratadi
Mayk Pompeoning so‘zlariga ko‘ra, gap AQShning xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va davlat departamenti yordami haqida ketmoqda, xususiy homiylar o‘z mablag‘lari orqali 3 milliard dollar yig‘ishgan.
AQSh koronavirusga qarshi xalqaro kurash uchun yana 162 million dollar ajratadi, deb ma'lum qildi AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo.
"Biz xalqaro yordam uchun yana 162 million dollar ajratamiz, biz ko‘rsatgan umumiy yordam hajmi 1 milliard dollardan oshadi", - dedi u.
Pompeoning so‘zlariga ko‘ra, gap AQShning xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va davlat departamenti yordami haqida ketmoqda, xususiy homiylar o‘z mablag‘lari orqali 3 milliard dollar yig‘ishgan.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp agar JSST 30 kun ichida XXRdan mustaqilligini isbotlamasa va ichki islohotlarni o‘tkazmasa, AQSh uni moliyalashtirishni to‘xtatishi bilan tahdid qilgandi.
Mavzuga oid
22:58 / 15.07.2026
AQShda Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga chiqariladi
18:51 / 15.07.2026
Tramp jinsiy zo‘ravonlik va tuhmat ishi bo‘yicha 5 million dollar to‘ladi
18:11 / 15.07.2026
Xitoy avtomobil bozori jahon reytingida 1-o‘rinni egalladi
11:20 / 15.07.2026