O‘zbekiston | 07:31 / 21.05.2020
27822
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat organlariga budjetdan ajratiladigan mablag‘lar miqdori ko‘paytirildi

«2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti to‘g‘risida»gi Qonunga tuzatishlar kiritildi. Tuzatishlar orqali SOVID-19 pandemiyasi davrida Davlat budjetining barqarorligi ta'minlanishi lozim.

Norma’ning yozishicha, quyidagilar qayta ko‘rib chiqildi:

birinchidan, «El-yurt umidi» jamg‘armasining transfertlar hisobidan prognoz xarajatlari – 30 mlrd so‘mga kamaytirildi;

ikkinchidan, respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga (yuqori mahalliy hokimiyat organlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralari, boshqa organlar va tashkilotlar) ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlari – 5,4 trln so‘mga ko‘paytirildi.

Bunda joriy xarajatlar, shu jumladan quyidagilarni kamaytirish hisobiga 7,5 trln so‘mga oshiriladi:

obektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalarni – 2,1 trln so‘mga;

davlat maqsadli jamg‘armalariga transfertlarni – 30 mlrd so‘mga («El-yurt umidi» jamg‘armasi xarajatlari, yuqorida keltirilgan);

Moliya vazirligiga respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar tarkibiga kiritilgan mablag‘larni qayta taqsimlash huquqi berildi.

Prezident va Hukumatning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud va prokuratura organlarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga soliqlar, majburiy yig‘imlar, bojlar va jarimalar hisobidan kelib tushadigan mablag‘larning bir qismini respublika budjetiga o‘tkazish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish huquqi mustahkamlab qo‘yildi.

Qonun 19.05.2020 yildan kuchga kirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid