DXX 24 martni Chegarachilar kuni etib belgilash taklifi bilan chiqdi
O‘zbekistonda 24 mart Chegarachilar kuni etib belgilanishi mumkin
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Chegarachilar kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan ishlab chiqilgan hujjat loyihasiga ko‘ra, 24 mart Chegarachilar kuni etib belgilanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi — O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasini (quruqlikda, suvda, yer ostida, havo bo‘shlig‘ida) belgilovchi chiziqdan va bu chiziq bo‘ylab o‘tuvchi vertikal sathdan iborat.
Davlat chegarasini belgilash va o‘zgartirish paytida O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizlikni ta'minlash zaruratidan kelib chiqadi hamda quyidagi prinsiplarga amal qiladi:
davlatlarning suvereniteti, hududiy yaxlitligi, davlat chegaralari daxlsizligi va buzilmasligini o‘zaro hurmatlash;
chegara masalalarini tinch yo‘l bilan hal etish;
chet el davlatlari bilan har tomonlama, teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik asosida hamkorlik qilish;
qo‘shni davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;
kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik.
Davlat chegarasini belgilash va o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi. Davlat chegarasi delimitatsiya va demarkatsiya (redemarkatsiya) qilinadi.
Davlat chegarasi quyidagicha belgilanadi:
quruqlikda — o‘ziga xos nuqtalar, relefning chiziqlari yoki aniq ko‘rinib turadigan joylar bo‘yicha;
kema qatnaydigan daryolarda — daryoning asosiy farvateri yoki talvegi o‘rtasi bo‘ylab;
kema qatnamaydigan daryolarda, jilg‘alarda — ularning o‘rtasi yoki daryoning asosiy o‘zanining o‘rtasi bo‘ylab;
ko‘llar yoki boshqa suv havzalarida — Davlat chegarasi ko‘l yoki boshqa suv havzasi qirg‘oqlariga chiqqan joylarni tutashtiruvchi to‘g‘ri yoki boshqacha chiziq bo‘yicha. Daryo, jilg‘a, ko‘l yoki boshqa suv havzasi orqali o‘tadigan Davlat chegarasi ular qirg‘oqlarining ko‘rinishi yoki suv sathi o‘zgarganda ham, daryo, jilg‘a oqimi u yoki bu tomonga burilganda ham o‘zgarmay qolaveradi;
suv omborlarida va boshqa sun'iy suv havzalarida — ular suv bilan to‘ldirilgunga qadar Davlat chegarasining mazkur joydan o‘tgan chizig‘iga muvofiq ravishda;
daryolar, jilg‘alar, ko‘llar va boshqa suv havzalari orqali o‘tuvchi ko‘priklarda, to‘g‘onlar va boshqa inshootlarda — Davlat chegarasi suvdan o‘tish-o‘tmasligidan qat'i nazar, shu inshootlarning o‘rtasi yoki ularning texnologik o‘qi bo‘ylab.
Mavzuga oid
18:23 / 26.08.2024
Qiynoq oqibatidagi o‘lim holatlari uchun javobgarlik kuchaytiriladi
11:49 / 20.06.2024
Mahalliy kengashlarga deputatlar orasidan saylanadigan rais boshchilik qilishini nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi
13:23 / 09.04.2024
Deputatlar o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga oid qonunni qabul qildi
15:29 / 27.02.2024