Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus epidemisining birinchi to‘lqini kuzatilgan yerlarda uning ikkinchi to‘lqini bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Foto: REUTERS
Bu haqda JSSTning Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich aytib o‘tdi. Shu sababli, aholining koronavirusga chalinish xavfi hamon mavjud, shu sababli ehtiyotkorlik choralariga amal qilish lozim.
“Bu davlatlar o‘zaro birdam ekanliklarini bildirish uchun birga yugurishlari kerak bo‘lgan sprintga o‘xshaydi. Virus har bir davlatda mavjud”, deb aytgan Vuynovich.
Mutaxassis “Rossiya 24” telekanali efirida karantinning o‘ylanmay-netmay yengillashtirilishi xavfidan ogohlantirgan. Uning ta'kidlashicha, barcha fuqarolar xavf hali o‘tmaganini tushunishlari lozim. Vuynovichning aytishicha, karantin rejimida qolish oson emas, biroq nazorat ostidan chiqish o‘lim darajasining o‘sishiga olib kelishi mumkin.
So‘nggi sutkada dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinish holatlari 106 mingdan ko‘proqni tashkil qildi. JSST rahbari Tedros Adanom Gebreyyesusning ta'kidlashicha, bu pandemiya boshidan beri rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.
May o‘rtalarida JSSTning Yevropadagi byurosi rahbari Xans Klyuge Yevropa davlatlari joriy kuzda koronavirus epidemiyasining yangi to‘lqiniga duch kelishlari mumkinligini, shu sababli unga tayyorlanish lozimligini aytgan. Uning ta'kidlashicha, Yevropaning ba'zi davlatlarida, jumladan Fransiya, Britaniya va Italiyada epidemiya pasaymoqda, biroq karantin cheklovlarining bekor qilinishi shoshqaloq qaror bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
18:50 / 08.05.2026
JSST hantavirusning dunyo bo‘ylab tarqalish xavfi pastligini ma’lum qildi
14:51 / 22.04.2026
JSST rahbari Ziroat Mirziyoyevani bolalar saratoniga qarshi kurashda yetakchi deb atadi
13:21 / 21.04.2026
Saida Mirziyoyeva Samarqandda JSST rahbari bilan uchrashdi
08:10 / 31.03.2026