O‘zbekiston | 11:24 / 22.05.2020
1493
4 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Belarus «Agrar forumlari» o‘tkazish amaliyotini kengaytiradi

Hamkorlik sohalarining amaliy ijrosini ta'minlash va qo‘shma tashabbuslarni ilgari surishdan iborat bo‘lgan qo‘shma ishchi guruh tuzishga kelishib olindi.

Foto: mift.uz

Joriy yilning 20 may kuni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Sardor Umurzoqov videokonferensaloqa orqali Belarus bosh vaziri o‘rinbosari Vladimir Dvornik bilan investitsiya, o‘zaro savdo, transport va logistika sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalarini hamda COVID-19 pandemiyasining ikki mamlakat iqtisodiyotlariga salbiy ta'sirini oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni muhokama qildi.

Tomonlar qo‘shma loyiha va tashabbuslarni amalga oshirish borasidagi ishlarni faollashtirish zarurligini ta'kidladilar, buning uchun ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” qayta ko‘rib chiqib yangilanadi, zarur bo‘lsa, tegishli masalalarni muhokama qilish va ishlab chiqish maqsadida O‘zbekiston va Belarus vazirliklari va idoralari o‘rtasida qo‘shimcha muzokaralar o‘tkaziladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo qo‘shma komissiyasining navbatdagi majlisini videokonferensaloqa shaklida o‘tkazish imkoniyatlari muhokama qilindi. O‘zbekiston va Belarus hududlari o‘rtasidagi hamkorlikni rejali ravishda kengaytirish bo‘yicha mahalliy “Yo‘l xaritalarini” birgalikda ishlab chiqish va tuzish orqali mintaqalararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda salmoqli salohiyat mavjudligi qayd etildi.

Muzokaralar davomida O‘zbekistonda investitsiya faoliyatini amalga oshirayotgan bir qator Belarus kompaniyalarining muvaffaqiyatli tajribasi asosidagi ikki mamlakat ishlab chiqaruvchilarining kooperatsiyasiga asoslangan investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari yuzasidan konstruktiv fikr almashildi. Belarus sheriklari va ishlab chiqaruvchilarining O‘zbekiston bozorida hozir bo‘lishlarini kengaytirish uchun ustuvor sohalar sifatida to‘qimachilik, chorvachilik, oziq-ovqat va farmatsevtika sanoatlari belgilanib, turli yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlarni tayyorlash dasturlarini tashkil etishga va ishlab chiqarish korxonalariga ilg‘or texnologiyalarini joriy etish maqsadida ikki mamlakat ilmiy-ta'lim muassasalarini jalb etish bo‘yicha tashabbus ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, o‘zaro savdo hajmlari o‘sishini ta'minlash choralari, jumladan, O‘zbekiston va Belarusda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning muvofiqlik sertifikatlarini va sinovlar protokollarini o‘zaro tan olish mexanizmlarini joriy etish, ikki mamlakat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari ishtirokida “Agrar forumlari”ni o‘tkazish amaliyotini kengaytirish va boshqa tashabbuslar ko‘rib chiqildi.

Tomonlar transport-logistika hamkorligini rivojlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratdilar - uzluksiz va to‘siqsiz yuk tashishni ta'minlash uchun ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash muhimligi ta'kidlandi. Ikkala mamlakat hududida yuklarni tashish va tranzit qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha konstruktiv takliflarni ishlab chiqish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Videokonferensiya yakunlari bo‘yicha vazifasi muhokama qilingan hamkorlik sohalarining amaliy ijrosini ta'minlash va qo‘shma tashabbuslarni ilgari surishdan iborat bo‘lgan qo‘shma ishchi guruh tuzishga kelishib olindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid