Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 2500ga yaqinlashdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi Namangan, Andijon va Samarqandda jami 29 bemor koronavirusdan tuzalgani to‘g‘risida xabar berdi.
«Bugun Namangan viloyatida yana 9, Andijon viloyatida 4, Samarqand viloyatida 16, jami 29 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzaldi va reabilitatsiyaga kuzatildi.
Shunday qilib Namangan viloyatida koronavirusdan forig‘ bo‘lganlar soni 233, Andijon viloyatida 167, Samarqand viloyatida esa 218 nafarga yetdi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
Bundan avvalroq Namanganda 5, Samarqandda 24, Buxoroda 2, Toshkentda 25, jami 56 bemor tuzalgani xabar qilingandi. Xususan, Buxoro viloyati koronavirusdan xoli hududga aylangan.
Bugun O‘zbekistonda jami 85 bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Ayni paytda mamlakatda koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2492 nafarni tashkil etmoqda. Shifoxonalarda 523 bemor davolanmoqda.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025