Namangan viloyatida 5 nafar koronavirus infeksiyasiga çalingan bemor tuzaldi va reabilitatsiyaga kuzatildi.
Soğayib çiqqanlarning barçasi koronavirusga çalinganlar bilan muloqot qilib, kasallikni yuqtirib olişgan. Ularning 3 nafari erkak, 2 nafari ayollardir. Kasallikdan foriğ bölganlarning barçasi Namangan viloyatidan (4 nafari Namangan tumanidan, 1 nafari esa Namangan şahridan). Ular orasida eng yoşi kattasi 84 yoşda bölsa, eng kiçigi 48 yoşda.
Viloyatda şu paytga qadar 219 nafar bemor soğaygan bölsa, endilikda ularning soni 224 nafarga yetdi.
Samarqand viloyatida 24 nafar koronavirus infeksiyasiga çalingan bemor tuzaldi va reabilitatsiyaga kuzatildi.
Samarqand viloyatida soğayganlarning 11 nafari erkak, 13 nafari esa ayollardir, ularning barçasi koronavirus infeksiyasiga çalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Şuningdek, tuzalganlarning barçasi Samarqand viloyatidan (8 nafari Samarqand şahridan, 5 nafari Oqdaryo tumanidan, 4 nafari Samarqand tumanidan, 2 nafardan Payariq va Iştixon tumanlaridan, 1 nafardan Toyloq, Past Darğom va Jomboy tumanlaridan). Ular orasida eng yoşi kattasi 51 yoşda bölsa, eng kiçigi 2019 yilda tuğilgan.
Viloyatda şu paytga qadar 178 nafar bemor soğaygan bölsa, endilikda ularning soni 202 nafarga yetdi.
Buxoro viloyatida 2 bemorga javob berildi. Reabilitatsiyaga kuzatilgan 2 kişi hozirça uşbu hududdagi koronavirus infeksiyasiga çalingan sönggi bemorlar sanaladi. Ikkisi ham Buxoro şahridan va koronavirus infeksiyasini bemorlar bilan muloqot orqali yuqtirib olişgan. Biri 53 yoşdagi ayol bölsa, ikkinçisi esa 6 yoşli qizaloq. Endi viloyat koronavirusdan xoli hududga aylandi.
«Şunday qilib, viloyatda 442 nafar kasallaniş holati qayd etilgan bölsa, fidokor şifokorlarimiz sa'y-harakatlari bilan bugungi kunda ularning barçasi butunlay darddan foriğ bölişdi», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.
Ma'lumot uçun, şu vaqtgaça Jizzax, Qaşqadaryo, Surxondaryo va Farğona viloyatlari koronavirusdan xoli hududlarga aylangandi. Şuningdek, Sirdaryo viloyatidagi bemorlar (21 kişi) 15 may kuni Toşkent şahriga olib kelingan va uşbu hududda sönggi kunlarda koronavirusga çaliniş bilan boğliq yangi holatlar qayd etilmayapti.


















