Senat raisi Kattaqo‘rg‘onda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining bandligini ta'minlash masalasini ko‘rib chiqdi
“Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida 1053 ta ehtiyojmand kambag‘al oila aniqlangan bo‘lib, ayni kunda ularning 45 foiziga tikuv mashinalari, pech va duxovkalar, turli uskunalar xarid qilib berilib, ish bilan ta'minlandi.
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Kattaqo‘rg‘on shahriga tashrifi chog‘ida shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan dastur qabul qilinishiga urg‘u berdi, deb xabar bermoqda Senat axborot xizmati.
“Jumladan, aholi turmush sharoitini yanada yaxshilash, yangi ish o‘rni yaratish borasidagi ishlarni amalga oshirishga e'tibor qaratdi. Buning uchun Kattaqo‘rg‘on shahrida yetarli salohiyat mavjudligi, shahar hududining Buxoro-Samarqand avtomagistraliga yaqin joyda joylashganligi hamda hududning qulay temiryo‘l tarmoqlariga ega ekanligi transport logistikasi uchun qulay tranzit hudud hisoblanishi ta'kidlandi. Shuningdek, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun qulay infrastruktura va ishlab chiqarish maydonlarining mavjudligi go‘sht va go‘sht mahsulotlarini qayta ishlash imkoniyatlarini kengaytirishi, hududning 10 dan ortiq turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun xomashyo bazasiga ega ekanligini kelgusida shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi istiqbolli rejalarni amalga oshirishda muhim omil hisoblanishi qayd etildi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning manzilli ro‘yxati shakllantirilgan. “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida 1053 ta ehtiyojmand kambag‘al oila aniqlangan bo‘lib, ayni kunda ularning 45 foiziga tikuv mashinalari, pech va duxovkalar, turli uskunalar xarid qilib berilib, ish bilan ta'minlandi. Senat raisi tashrif chog‘ida ushbu aholining bandligini ta'minlash masalasini ham ko‘rib chiqdi.
Tashrif davomida Tanzila Norboyeva aholi, xususan, tadbirkorlar murojaatlariga e'tibor qaratib, ishbilarmonlar tomonidan taqdim qilingan 100dan ortiq loyihalar bilan tanishdi. Tadbirkorlarning muammolarini bartaraf etish maqsadida ularni banklar rahbariyati bilan uchrashuvini ham tashkil qildi.
Mavzuga oid
23:49 / 20.12.2024
O‘zbekistonning migratsiya siyosatini ishlab chiqishda Xalqaro mehnat tashkiloti ham ishtirok etadi
09:09 / 20.12.2024
Samarqandda 19 yoshli ayol 16 yoshli qizni kaltakladi
17:20 / 18.12.2024
Kelgusi yilda ta’lim va fan sohasiga 86,3 trln so‘m yo‘naltiriladi - Tanzila Norboyeva
17:03 / 25.11.2024