Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron prezidenti 30 maydan davlat xizmatchilari ishga chiqishini ma'lum qildi
Ramazon oyi yakunlanishi munosabati bilan mamlakatdagi ziyoratgoh va masjidlar olti soatga ochiladi. 26 maydan muzeylar, diqqatga sazovor maskanlar, tarixiy joylar faoliyat boshlaydi.
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy mamlakatda koronavirus tarqalishi sababli kiritilgan cheklov choralari yumshatilishini e'lon qildi. Bu haqda Mehr agentligi xabar bermoqda.
"Ruhoniy mamlakatda koronavirus tarqalishi nazoratga olinganini va o‘lim sur'ati pasayishi yaxshi yangilik ekanligini aytdi", - deyiladi xabarda.
Ruhoniyning so‘zlariga ko‘ra, 30 maydan davlat xizmatchilarining masofadan ishlashni to‘xtatib, ish joylariga qaytadi.
Ramazon oyi yakunlanishi munosabati bilan mamlakatdagi ziyoratgoh va masjidlar olti soatga ochiladi.
26 maydan muzeylar, diqqatga sazovor maskanlar, tarixiy joylar faoliyat boshlaydi.
Oxirgi sutka davomida Eronda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 1,8 mingta holat qayd etilgan, mamlakatda kasallik yuqtirganlar soni 1133,5 mingdan oshgan.
Mavzuga oid
18:11
2025 yilda global harbiy xarajatlar rekord darajaga yetdi
15:03
Tramp Putin bilan gaplashdi
22:54 / 27.04.2026
Aroqchi Putinga AQSh bilan muzokaralarga nima to‘sqinlik qilayotganini aytdi
08:51 / 27.04.2026