Jamiyat | 12:57 / 23.05.2020
8598
2 daqiqa o‘qiladi

Xonadonda 836 tup ko‘knori parvarishlagan shaxs qo‘lga olindi

Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda Chiroqchi tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Tezkor tadbir davomida, ushbu tumanning “Qumdaryo” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqaro B. R. o‘zining yashash xonadoni hovlisida 450x150 sm2 o‘lchamdagi yer maydoniga 836 tup, og‘irligi 9 kilogramm 330 gramm bo‘lgan “Opiyli ko‘knori” giyohvand o‘simligini noqonuniy ravishda ekib, parvarishlab kelayotganligi fosh etildi.

Mazkur huquqbuzarlik holati yuzasidan hozirda bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi, viloyat Davlat xavfsizligi xizmati va ichki ishlar xodimlari bilan hamkorlikda “Qoradori-2020” doirasida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tadbir davomida Jarqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro B.R ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Xonadonning hovlisida joylashgan omborxonani xizmat iti yordamida ko‘zdan kechirish jarayonida bu yerda 2 dona shisha idishlarda va omborxona devor g‘ishtlari, shiferlar va eski buyumlar orasiga 34 ta qog‘oz parchalariga o‘rab yashirib qo‘yilgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi saqlanib kelinayotganligi aniqlandi. Ushbu giyohvandlik moddasining og‘irligi elektron tarozida o‘lchab ko‘rilganda jami 136,16 grammni tashkil etdi. Giyohvandlik moddasi ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid