Jahon | 12:51 / 24.05.2020
19436
3 daqiqa o‘qiladi

Turizm sanoati pasayishidan qaysi mamlakatlar eng ko‘p zarar ko‘radi?

Koronavirus pandemiyasi milliardlab kishilarni uyda o‘tirishga majbur qildi. Bu esa turizm sanoatiga o‘z ta'sirini o‘tkazmay qolmadi. Jahon sayohatlar va turizm kengashi turli mamlakatlar iqtisodiyotini o‘rganib, ulardan qaysilari eng ko‘p zarar ko‘rishini aniqladi.

Kengash ma'lumotlariga ko‘ra, 2018 yilda turistlar jahon iqtisodiyotiga 8,8 trln dollar olib kelgan va jami iqtisodiy faollikning 10,4 foizini ta'minlagan. Tashkilot hisob-kitoblariga ko‘ra, jami 319 mln ish o‘rni ana shu segment ulushiga to‘g‘ri keladi.

Pandemiya boshlangach davlatlar chegaralari yopildi, odamlar esa uydan deyarli chiqishmayapti. Shuning uchun turizm sanoati kompaniyalari yashab qolish uchun turli usullarni izlashmoqda. AQSh va Buyuk Britaniyada kamida uchta mintaqaviy aviatashuvchilar bankrotlik haqida e'lon qildi. Sayohat segmenti inqirozining oldini olish uchun Amerika hukumati mahalliy avialiniyalarga kredit va maoshlarni berish uchun grantlar ko‘rinishida 58 mlrd dollar taqdim etdi. Koronavirus pandemiyasi dengiz sayohati sanoatida ham inqirozni yuzaga keltirdi. Bundan tashqari, dengiz sayohatlarining muammosiz sayohat sifatidagi obro‘siga jiddiy darajada putur yetishiga sabab bo‘ldi.

Qaysi mamlakatlar turizm sanoati pasayishidan eng ko‘p pul yo‘qotishi mumkin? Quyida keltirilgan diagrammaga ko‘ra, dunyoning 20ta eng yirik iqtisodiyotlari ichida Tailand va Filippin bu segmentga eng ko‘p bog‘liq davlatlar hisoblanadi. Bu mamlakatlarda turizm YaIMning beshdan bir qismidan ko‘prog‘ini ta'minlaydi. Koronavirusdan aziyat chekkan Ispaniya va Italiya iqtisodiyotiga ham sezilarli zarar tahdid solmoqda. Turizm sanoatiga eng kam tayangan Janubiy Koreya Covid-19’ni ham yenga oldi.

Dunyoning eng yirik 20ta iqtisodiyotining sayohat va turizmga bog‘liqligi. 2018 yilga oid ma'lumotlar YaIMning foizi ko‘rinishida keltirilgan

Asosan iqtisodiyot miqyosi sabab absolyut raqamlarda AQSh turizm sanoati eng ko‘p zarar ko‘radi. Sayohatchilardan eng ko‘p foyda oladigan 10ta mamlakatning 6tasi koronavirusdan zararlanish mamlakatlar orasida dastlabki 10talikdan joy olgan. Bu esa turistlar orasida mashhur bo‘lgan yo‘nalishlar va infeksiya tarqalishi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ko‘rsatadi.

Turizm sohasidan eng ko‘p pul ishlaydigan mamlakatlar. 2018 yildagi yalpi tushum milliard dollarda ko‘rsatilgan

Biroq turizmning iqtisodiyotining asosiga aylantirgan kichik orol davlatlar jiddiy oqibatlarni his qilishadi. YaIM sayohatchilarga bog‘liq bo‘lgan 20ta mamlakatdan 15tasi kichik orol davlatlar hisoblanadi. 2008 yil moliyaviy inqiroz vaqtida sezilarli darajada zarar ko‘rgan Islandiya salbiy holatga tushib qolishi mumkin, chunki YaIMning uchdan bir qismidan ko‘prog‘i turizmga to‘g‘ri keladi.

Turizm va sayohatlarga eng ko‘p bog‘liq mamlakatlar. 2018 yilga oid ma'lumotlar YaIMning foizi ko‘rinishida keltirilgan

 

Гулзода Иброҳимова
Tayyorlagan Гулзода Иброҳимова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid