Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya mamlakatga keladigan turistlarga xarajatlarining bir qismini to‘lab berishni rejalashtirmoqda
O‘tgan oyda mamlakatga xorijdan atigi 2900 kishi keldi. 2019 yili Yaponiyaga 31,9 million xorijlik kelgandi.
Yaponiya hukumati mamlakatga keladigan xorijlik turistlarga xarajatlarining bir qismini to‘lab berishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi ATOR.
Yaponiya turizm agentligi (JTA) soha uchun 12,5 mlrd dollar miqdorida subsidiya ajratish rejasini taklif qildi. Agentlik rahbari Xiroshi Tabataning so‘zlariga ko‘ra, mablag‘ni xorijlik sayohatchilarni jalb etishga sarflash lozim.
Ushbu g‘oyani amalga oshirish iyuldan boshlanadi, deb yozadi Simple Flying nashri.
Ishlab chiqilgan reja tafsilotlari hozircha ma'lum qilinmadi, ammo The Japan Times nashrining xabariga ko‘ra, agentlik mehmonlarning sayohat davridagi xarajatlarining 50 foizini qoplab bermoqchi.
Mutaxassislarning taxmin qilishicha, ushbu reja o‘tgan oyda Sitsiliya taklif etgan sxemaga o‘xshash bo‘lishi mumkin. Italiyadagi orol hukumati turistlarga aviachipta narxining yarmini va mehmonxona xarajatlarining uchdan bir qismini to‘lab berishin e'lon qilgandi.
Aprelda Yaponiyaga ko‘plab davlatlar fuqarolarining kirishi taqiqlanganidan so‘ng turlarga bo‘lgan talab nolga tushib qoldi. O‘tgan oyda mamlakatga xorijdan atigi 2900 kishi keldi, deb yozadi Simple Flying. Taqqoslash uchun, 2019 yili Yaponiyaga 31,9 million xorijlik kelgan, bu yil ularning sonini 40 millionga yetkazish mo‘ljallangandi.
Mavzuga oid
08:43
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026