Eronda Isroilga qarshilik ko‘rsatish haqidagi qonun kuchga kirdi
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Isroilning “dushmanona harakatlari”ga qarshilik ko‘rsatish haqidagi qonunni amalga oshirishni buyurdi.
Eron parlamenti qonunni 18 may kuni qabul qilgandi. Hujjat Al-Qudsda Eronning virtual elchixonasini tashkil etishni ko‘zda tutadi.
Ma'lum qilinishicha, Ruhoniy ichki ishlar, tashqi ishlar, axborot (razvedka) vazirliklariga, qurolli kuchlar va milliy xavfsizlik oliy kengashiga qonunda ko‘zda tutilgan choralarni amalga oshirish vazifasini yuklagan.
Jumladan, ijrochi idoralardan falastinliklarni qo‘llab-quvvatlashni ta'minlash, 6 oy ichida Falastin hududlarida virtual elchixona yoki konsullikni tashkil etishga tayyorgarlikni amalga oshirish talab etiladi.
Qonunda Isroilni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan harbiy, siyosiy va madaniy faoliyat, eronliklar tomonidan “Falastinning bosib olingan hududlariga” tashrif buyurish, Eron orqali Isroil bilan bog‘langan kompaniyalar mahsulotlari olib o‘tilishi taqiqlangan.
Ushbu qonun Isroilning Falastin xalqi, islom davlatlari va Eronga qarshi harakatlariga hamda Suriya va Livanni bosib olishni davom ettirish urinishlariga javoban qabul qilingan. Qonunda Isroilning dunyoni va xalqaro xavfsizlikni izdan chiqarish va “taqiqlangan qurolni qo‘llash”ga qaratilgan “buzg‘unchi harakatlari” qoralangan.
Mavzuga oid
16:38 / 12.11.2024
Amsterdamdagi mojaro: aslida nimalar bo‘ldi?
09:46 / 12.11.2024
ADL va IHT Isroilni G‘azodan chiqib ketishga chaqirdi
12:00 / 11.11.2024
Isroilning yangi mudofaa vaziri: «Hizbulloh» mag‘lub etib bo‘lindi
10:45 / 09.11.2024