Maktab darsliklarini takomillashtirish bo‘yicha keng jamoatchilik fikrini olish tizimi yo‘lga qo‘yildi
Darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni tayyorlash, nashr etish va tarqatish tizimini takomillashtirish, shu jumladan, ularda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishining oldini olish, davlat buyurtmasiga asosan tayyorlanadigan darsliklar va o‘quv-metodik majmualardan foydalanishga bo‘lgan mutlaq huquqlar Xalq ta'limi vazirligiga o‘tkazildi, deb yozmoqda vazirlik axborot xizmati.
Qayd etilishicha, bugungi karantin sharoitida darsliklar bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganish maqsadida Respublika ta'lim markazi tomonidan internet tarmog‘ida @darslikka_taklif_bot telegram kanali ishga tushirildi.
Mazkur telegram kanaliga bugungi kunda amalda bo‘lgan barcha maktab darsliklari hamda joriy yilda yangidan yaratilayotgan va nashr etilayotgan darsliklarga 3 ta - o‘zbek, ingliz va rus tillarida taklif yuborish imkoniyati mavjud.
Darsliklarni takomillashtirish bo‘yicha ishga tushirilgan telegram kanalining maqsad va vazifalarini ochib berish, undan foydalangan holda takliflar yuborish, ushbu jarayonga malakali mutaxassis va o‘qituvchilarni jalb qilish maqsadida Respublika ta'lim markazi tomonidan onlayn videokonferensiya o‘tkazildi.
Onlayn videokonferensiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar xalq ta'limi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan fan metodistlari, darsliklarga mas'ul mutaxassislar ishtirok etishdi.
Bugungi kunda darsliklar yuzasidan kelib tushayotgan o‘rinli taklif va mulohazalar Markazning fan metodistlari tomonidan o‘rganib chiqilib, nashriyotlar va mualliflar bilan birgalikda darsliklarni nashrga tayyorlash jarayonida inobatga olinmoqda.
Markaz tomonidan yangi o‘quv yili uchun darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni chop etishdan oldin, doimiy ravishda keng jamoatchilik fikrini o‘rganish, ekspertlardan xulosalar olish va tajriba-sinov ishlarini tizimli amalga oshirish rejalashtirilgan.
2020-2021 o‘quv yili uchun nashr etiladigan darsliklarni keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yish bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumotlar telegram internet tarmog‘ida @darslikka_taklif_bot orqali yoritib boriladi, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
15:16 / 12.12.2024
2025 yilda darsliklar ijarasi uchun to‘lov olinmaydi
18:42 / 30.10.2024
Maktab darsliklari ijarasi uchun to‘lov tiklanishi mumkin
14:50 / 23.10.2024
Misrda ingliz tilidagi ilk O‘zbek tili grammatikasi darsligi yaratildi
11:54 / 29.09.2024