Xususan, darsliklarda Rossiya özi egallagan yerlardagi xalqlarni ezgan va ularning madaniyatiga ta’sir ötkazgan mustamlakaçi barqudrat davlat bölgani yozilgan, degan RBKʼga tadqiqot hammualiflaridan biri Razil Guzayerov. Rossiya fanlar akademiyasi bunday axborotlar Rossiyaga nisbatan salbiy munosabat şakllanişi, kelgusida ksenofobiya va rusofobiya ösişiga sabab bölişini ta’kidlamoqda.
Misol tariqasida Qozoğiston körsatilgan, bu yerdagi darsliklarda Rossiya istilosi tabiiy resurslarni ekspluatatsiya qiliş va aholini nazoratga olişga yöğrilgan harbiy-mustamlakaçilik siyosati ölaroq tasvirlangan. Darsliklarda ommaviy ölimlar va noroziliklarga sabab bölgan 1921 yilgi oçarçilikka katta e’tibor qaratilgan, Stolipinning köçiriş siyosati esa ijtimoiy mojarolar manbayi sifatida tilga olingan.
Ozarboyjonda sovet hokimiyatining örnatilişi kelgusida xalqni eziş uçun harbiy bosqin sifatida tasvirlangan. Zamonaviy darsliklar Qoraboğ mojarosini yaratişda Rossiyaning rolini ham ta’kidlaydi.
Armanistonning yangi darsliklari Şarqiy Armaniston kuç işlatib Rossiyaga qöşilgani haqida hikoya qiladi. Avvalroq hattoki Rossiya Taşqi işlar vazirligi bu darslik materialini «provokatsiya» deb atab, munosabat bildirgan.
Özbekistonda Rossiya imperiyasi va sovet ittifoqi mustamlakasi milliy özlik va mamlakat iqtisodiyotiga ziyon yetkazgan davlatlar ölaroq tasvirlangan.
Qirğiziston va Tojikistonning ta’lim materiallarida Rossiyaning ta’siri biroz ijobiy tasvirlangan, ayniqsa sovetlar davrida iqtisodiyot va ta’limning rivojlanişi kontekstida.
Rossiya nafaqat sobiq SSSR respublikalari darsliklarida salbiy körinişda tasvirlangan. Masalan, Isroildagi darsliklarda Rossiya imperiyasi va sovet ittifoqi antisemit davlatlar sifatida tilga olingan. Erondagi darsliklarda Rossiya siyosati Eronning içki işlariga aralaşiş, birinçi navbatda Rossiyaning özi uçun manfaatli bölgan rejimlarni qöllaşi kontekstida hikoya qilingan.








