Jamiyat | 15:00 / 27.05.2020
29095
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Agrobank birinchilardan bo‘lib Sberbank kartalariga tezkor pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ydi

Endi ikkala yo‘nalishda ham «Agrobank - Sberbank - Agrobank» pul o‘tkazmalari yanada qulay va yanada tezkordir.

Endilikda siz O‘zbekistondan Rossiyaga pul o‘tkazmasini «Agrobank Mobile» ilovasida va Rossiyadan O‘zbekistonga – «Sberbank Onlayn» ilovasida amalga oshirishingiz mumkin. Buning uchun bank ofisiga tashrif buyurishingiz shart emas.

Pul o‘tkazmasini amalga oshirish uchun bank kartasi raqamini yoki oluvchining mobil telefon raqamini kiritishning o‘zi kifoya.

2020 yil 26 may kuni Toshkent: Rossiya va O‘zbekistondagi yirik banklar - Sberbank va Agrobank, Agrobank kartalaridan Sberbank kartalariga tezkor pul o‘tkazmalari xizmatini ishga tushirdi. Shunday qilib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri pul o‘tkazmalari endi ikkala yo‘nalishda ham mavjud.

Rossiyaga pul o‘tkazish «Agrobank Mobile» ilovasi orqali amalga oshiriladi. Yuborilgan pul mablag‘lari «Uzcard» va «HUMO» bank kartalaridan olinadi, maxsus ayirboshlash kursi bo‘yicha rublga o‘tkaziladi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri Sberbank kartalariga o‘tkaziladi. Jarayonga vositachilar jalb qilinmaganligi sababli komissiya atigi 1 (bir) foizni tashkil qiladi.

Ma'lumki, o‘tgan yilning kuzida Agrobank «Sberbank» ilovasi orqali Rossiyadan O‘zbekistonga milliy bank kartalariga pul o‘tkazmalarini amalga oshirishni yo‘lga qo‘yganligini e'lon qilgan birinchi banklardandir. Keyin, taqdimot paytida bank vakillari yig‘ilganlarga qarama-qarshi yo‘nalishda, ya'ni milliy bank kartalaridan Sberbank kartalariga pul o‘tkazmalarini tashkil qilishga va'da berishdi.

Azamat To‘rayev, Boshqaruvchi direktor, Agrobank Boshqaruvi Raisining o‘rinbosari:

– Biz mijozlarimizga bergan va'damizni bajara olganimizdan va milliy bank kartalaridan Sberbank kartalariga pul o‘tkazish imkoniyatini berganimizdan mamnunmiz. Ushbu xizmat sizga Sberbank kartalariga darhol pul o‘tkazish imkoniyatini beradi. Ushbu xizmat farzandlari Rossiya Federatsiyasida tahsil olayotgan ota-onalar uchun ham, boshqa sabablarga ko‘ra, shu jumladan mehnat migratsiyasi yoki davolanish uchun kelgan yurtdoshlarimiz qarindoshlari uchun ham foydali bo‘ladi.

Kirill Dmitriyev, «Sberbank»ning to‘lovlar va o‘tkazmalar bo‘limining direktori:

– Biz Rossiya, iqtisodiy va madaniy aloqalari yaqin bo‘lgan O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Armaniston va boshqa davlatlarga zudlik bilan uzatishning ekotizimini izchil qurmoqdamiz. Bu masalada bizning ustuvor vazifalarimiz – tranzaksiyalarning qulayligi, tezligi va xavfsizligi. Biz ushbu xizmatga ulangan xorijiy banklar sonini kengaytirishni davom ettirmoqdamiz: bugungi kunda ularning soni 19 taga etdi. Va MDH mamlakatlaridagi hamkasblarimiz ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashlari va o‘zlarining mobil ilovalarida Rossiyaga pul o‘tkazmalari uchun o‘xshash imkoniyatlarni yaratishni boshlashlari juda muhimdir.

Zafar Mamajonov, bank kartalariga xizmat ko‘rsatish departamenti direktori:

– Sberbank kartasiga pul o‘tkazmasini amalga oshirish uchun siz «Agrobank Mobile» ilovasini yuklab olishingiz, O‘zbekistondagi istalgan bankning bank kartasini qo‘shishingiz va pul o‘tkazmasini amalga oshirishingiz kerak bo‘lgan «O‘tkazmalar» bo‘limida Sberbank karta raqamini kiritishingiz kerak. Pul avtomatik ravishda konvertatsiya qilinadi va shu zahotiyoq oluvchining kartasiga o‘tkaziladi.

Hozirgi vaqtda «Agrobank Mobile» – bu yetarlicha ko‘p yuklab olingan bank dasturlaridan biridir. U «HUMO», «Uzcard» kartalari o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari, uyali aloqa operatorlari va internet-provayderlarining xizmatlari uchun to‘lov, kommunal to‘lovlar, valutani konversiya qilish va boshqa xizmatlarni taklif etadi.

Sayt: www.agrobank.uz

Telegram: t.me/AgrobankChannel

Instagram: @Agrobank_uz

Facebook: fb.com/AgrobankUzbekistan

«Agrobank» ATB matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid