14:57 / 27.05.2020
64871

«Ipoteka bank»ning koronavirusga chalingan xodimi borgan joylar ma'lum qilindi

«Ipoteka bank»ning koronavirus yuqtirib olgan xodimi «Buyuk ipak yo‘li» ko‘chasidagi «Salom» choyxonasi to‘g‘risida joylashgan «Korzinka» supermarketida va «Ekobozor»da kunora bozorlik qilgan.

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi Sevara Ubaydullayeva AOKAda o‘tkazilgan onlayn brifingda O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq so‘nggi yangiliklar haqida ma'lumot berdi.

U respublika «Ipoteka bank» bosh boshqarmasining 24 may kuni koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgan xodimining epidemiologik marshrutiga oid ma'lumotlarni ochiqlagan.

«Ayni paytda koronavirus yuqtirgan «Ipoteka bank» xodimining virusni qayerdan yuqtirgani, kimlar bilan muloqotda bo‘lganini aniqlash uchun surishtiruvlar o‘tkazilmoqda.

Mazkur bemorga oid ma'lumotlarni aniqlash jarayonida uning «Buyuk ipak yo‘li» ko‘chasidagi «Salom» choyxonasi to‘g‘risida joylashgan «Korzinka» supermarketida va «Ekobozor»da kunora bozorlik qilgani ma'lum bo‘ldi», deya qayd etdi shtab a'zosi.

Bozorlarga faqat ehtiyoj bo‘lganda ehtiyot choralarini ko‘rgan holda borish maqsadga muvofiqligi qayd etib o‘tildi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top