Toshkentda «Ipoteka bank» xodimida koronavirus aniqlandi
Sog‘liqni saqlash vazirligi 24 may kuni respublika «Ipoteka-bank» bosh boshqarmasi xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlangani haqida xabar berdi.
Vazirlik ma'lumotiga ko‘ra, kasallikka chalingan fuqaro yaqin 20 kun ichida o‘zi va oila a'zolari mehmonga bormagan, qo‘ni-qo‘shnilarnikiga ham chiqmagan. Uning yashash manzili bo‘yicha muloqotda bo‘lgan barcha oila a'zolari belgilangan tartibda karantinga olingan. Qo‘shimcha epidemiologik surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Bemor bilan muloqotda bo‘lgan hamkasblari ham belgilangan tartibda 14 kunlik karantin nazoratiga olingan. Qolgan xodimlar esa yashash manzillari bo‘yicha tibbiy nazoratga olingan. Barcha muloqotda bo‘lganlardan laborator tahlil uchun namunalar olingan.
«Ipotek bank» matbuot xizmati ham holat yuzasidan ma'lumot berdi.
Ma'lum qilinishicha, karantin davri boshlangandan beri, bankning Bosh ofisida jami xodimlarning 30 foiziga yaqini ishxonada ishlashiga ruxsat etilgan hamda xodimlarning aksariyat qismi masofadan ishlashga o‘tkazilgan, qolganlariga mehnat ta'tili berilgan.
«Bugungi kunda infeksiya aniqlangan xodim shifokorlar nazoratiga olingan hamda u bilan yaqin aloqada bo‘lgan 25 nafar xodim karantinga olingan.
Hozirda bankning Bosh ofisida ish faoliyatini davom ettirayotgan barcha xodimlar koronavirusga test topshirmoqda», deyiladi xabarda.
Bank binosida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya epidemiologik osoyishtaligi agentligi mutaxassislari tomonidan zararsizlantirish ishlari o‘tkazilgan.
«Aholi orasidan koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari uchrab turganini hisobga olib, Sog‘liqni saqlash vazirligi aholidan, yana bir bor, karantin qoidalariga, jumladan, ijtimoiy masofani saqlash, ya'ni qo‘l berib yoki quchoqlashib ko‘rishishdan tiyilish, jamoat joylarida to‘planmaslik, qo‘llarni tez-tez va yaxshilab yuvish, tibbiy niqob taqish kabi ehtiyot choralarini ko‘rishni va sanitariya qoidalarga qat'iy amal qilishlarini so‘raydi.
O‘zingiz va yaqinlaringizni ehtiyot qiling», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
Bundan avvalroq, 23 may kuni Toshkentdagi «O‘rikzor» savdo majmuasidagi sotuvchilardan birida koronavirus infeksiyasi aniqlangani, bozor vaqtinchalik yopilgani xabar qilingandi.
Shuningdek, Davlat soliq qo‘mitasining Malaka oshirish markazi xodimida koronavirus aniqlangan, Markaziy apparatda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida barcha xodimlar testdan o‘tkazilishi boshlangan.
«Bilayn»ning 91 xodimi karantinga olingan — Toshkent viloyatidagi vaziyat yuzasidan ma'lumot berildi
24 may kuni Toshkent shahrida aholi orasida 9ta yangi holat aniqlangani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindiston va O‘zbekiston harbiylari ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi
O‘zbekiston | 08:32
-
Rossiyadagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
Jahon | 08:20
-
Remontada bo‘lmadi. «Arsenal» «Real»ni tojdan mahrum etdi
Sport | 03:04
-
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda
Jahon | 01:01
Mavzuga oid

12:23 / 14.11.2022
Vengriya banki «Ipoteka bank»ni sotib olish bo‘yicha jarayonni tikladi

20:39 / 27.05.2022
“Ipoteka bank” fuqarolardan asossiz ustama undirib kelgani ma’lum qilindi

15:57 / 29.09.2021
Ipoteka bankning 75 foiz ulushi vengriyaliklarga sotiladi - Jamshid Qo‘chqorov

23:29 / 03.07.2021