O‘zbekiston | 09:35 / 28.05.2020
9045
4 daqiqa o‘qiladi

«Tuproqlar va ular unumdorligini muhofazalash to‘g‘risida»gi qonun loyihasi e'lon qilindi

Qonun atrof-muhitning muhim tarkibiy qismi sifatida tuproqlarni himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning, tuproqlarning ekologik funksiyalarini muhofaza qilish va tiklashning huquqiy asoslarini belgilaydi va atrof-muhitning barqaror faoliyatini ta'minlashga, tabiiy ekologik tizimlarni muhofaza qilishga, tuproqlardan samarali va ehtiyotkorlik bilan foydalanishga, ularning sifati va unumdorligini saqlashga hamda tuproqlarni salbiy ta'sirlardan himoya qilishga qaratilgan.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Tuproqlar va ular unumdorligini muhofazalash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.

Tuproqlar va ular unumdorligini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining asosiy maqsadlari tuproqlarni muhofaza qilish, ular unumdorligini saqlash va oshirishning huquqiy asoslarini yaratish, davlat organlarining ushbu sohadagi boshqarish va nazorat qilish vakolatlarini, tuproqning tuzilishi va holatiga har qanday ta'sir ko‘rsatadigan sub'yektlarning huquq va majburiyatlarini aniqlashdan, shuningdek tuproqlarga ta'sir qilish chegaralari va ularni buzganlik uchun javobgarlikdan iborat.

Tuproqlar va ular unumdorligini muhofaza qilish quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:

tuproqlar va ular unumdorligini muhofaza qilish maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va tatbiq qilish;

tuproqlar va ular unumdorligini muhofaza qilish ko‘rsatkichlarni hisobga olish va monitoringini yuritish;

tuproqlar va ular unumdorligini muhofaza qilish sohasida normalar va normativlarni ishlab chiqish; 

tuproqlar va ular unumdorligini muhofaza qilishga qaratilgan investitsiya faoliyatini rag‘batlantirish;

tuproqlar va ular unumdorligini muhofaza qilish davlat xizmati infratuzilmasini rivojlantirish;

tuproqlar va ular unumdorligini muhofaza qilish sohasida tadqiqotlar tashkil qilish;

tuproqlar va ular unumdorligini muhofaza qilish sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil qilish;

tuproqlar va ular unumdorligini muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish;

qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarda foydalanishga mo‘ljallangan agroximikatlar va pestitsidlarning sifati ustidan va ulardan xavfsiz foydalanish ustidan davlat nazorati;

qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlar unumdorligini qaytadan tiklash ustidan davlat nazorati;

qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlar unumdorligi hisobini yuritish va ma'lumotlar bankini yaratish.

Tuproqlar va ular unumdorligini muhofaza qilishning asosiy vazifalari tuproqlarning foydali xususiyatlarini saqlash va va yanada yaxshilash, ularni tanazzuldan, agrokimyoviy moddalar, sanoat va maishiy chiqindilar bilan ifloslanishining oldini olish, tuproqlarning holatini yomonlashtiradigan, unumdorligini pasaytiradigan sanoat, qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi va boshqa tadbirlarning bosimini kamaytirish, tuproqni tiklash, reabilitatsiya va rekultivatsiya qilish, tanazzulga uchragan, ifloslangan va vayron qilingan tuproqlarning fuqarolarning sog‘lig‘i va farovonligiga, atrof-muhitga, iqtisodiyotga salbiy ta'sirini bartaraf etish, mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish.

Tuproqlarni muhofaza qilish va ularning unumdorligini saqlash quyidagi prinsiplar asosida ta'minlanadi:

tuproqlarning holati va unumdorligi to‘g‘risidagi ma'lumotlarning umumochiqligi va ishonchliligi;

tuproqlar va ular unumdorligini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi;

iqtisodiy manfaatlardan tuproqni saqlash manfaatlarining ustuvorligi;

majburiy almashlab ekishni qo‘llagan holda oziq-ovqat, yem-xashak va sanoat uchun xomashyo yetishtirish maqsadlarida qishloq xo‘jaligi o‘simliklari ekiladigan erlardan oqilona foydalanish;

tuproq unumdorligini tiklash, saqlash va oshirishni ta'minlash maqsadida joyning tuproq-iqlim sharoitlari va parvarishlanayotgan ekin turini hisobga olgan holda mineral, organik va boshqa turdagi o‘g‘itlar tizimini ilmiy asoslangan ravishda qo‘llash;

tuproqqa yetkazilgan zararni qoplash, shu jumladan ular unumdorligini qaytmas tarzda yo‘qotganligi uchun kompensatsiya to‘lash;

tuproqlarni muhofaza qilish va ular unumdorligini tiklash va oshirishning albatta rag‘batlantirilishi;

fuqarolarning jamoat birlashmalarining tuproqlarni muhofaza qilish va unumdorligini saqlash muammolarini muhokama qilish va hal qilishda ishtirok etishi.

Mavzuga oid