Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulla Aripov va Mixail Mishustin savdo sohasidagi hamkorlik masalasini muhokama qildi
O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov va Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustin o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda payshanba kuni Rossiya Federatsiyasi hukumati matbuot xizmati xabar qildi.
«Hukumat rahbarlari savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy sohalarda Rossiya-O‘zbekiston hamkorligining bir qator dolzarb masalalarini muhokama qildilar, shuningdek, MDH Hukumat rahbarlari kengashining 2020 yil 29 may kuni videokonferensiya orqali bo‘lib o‘tadigan majlisi to‘g‘risida fikr almashdilar», - deyiladi xabarda.
Abdulla Aripov va Mixail Mishustin ikki tomonlama hamda ko‘p tomonlama aloqalar jadvali haqida ham so‘z yuritgani aytiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 29 may kuni O‘zbekiston Respublikasi raisligi doirasida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi ishtirokchi davlatlari Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi videoanjuman shaklida bo‘lib o‘tadi. Majlis O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida o‘tadi.
Mavzuga oid
18:53 / 10.06.2026
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026