Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyaga ishga yuborishini va'da qilib, aldagan shaxs ushlandi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2019 yilning dekabr oyidan 2020 yilning yanvar oyi o‘rtalariga qadar 24 yoshli B.Z. aldash va ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan Buxoro shahri S.Boxarziy ko‘chasida 34 yoshli A.N.ga Janubiy Koreyaga yuborishni va'da qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, bu shaxs uning 2.800 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘larini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritib, ushbu pullarni o‘z ehtiyojlariga ishlatib, A.N.ga jami 26.777.324 so‘mlik moddiy zarar yetkazganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan Buxoro shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan B.Z., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, yetkazilgan moddiy zararni undirish choralari ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:54 / 26.05.2026
Tintuvdan so‘ng yo‘qolgan tillalar – qidiruvdagi sobiq tergovchi ishida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi
08:20 / 25.05.2026