Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonida 90 mingdan ko‘proq masjid yana ochiladi
Saudiya Arabistonida koronavirus pandemiyasi sababli yopilgan 90 mingdan ko‘proq masjid va namozgoh 31 may bomdod namozidan boshlab yana ochiladi.
Bu haqda podshohlikning islom ishlari bo‘yicha vazirligi Twitter’da ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, masjidlar ochilishi uchun oxirgi tayyorgarlik ishlari yakunlanmoqda. Jumladan, ularda dezinfeksiyalash ishlari o‘tkazilmoqda.
Vazirlik masjidlarga koronavirusga chalinish xavfi guruhiga kiruvchi keksa yoshlilar va bolalar kelmasligini maqsadga muvofiq deb aytgan. Masjidlarga niqoblarda kelish va qo‘llarni yuvish hamda 2 metrlik ijtimoiy masofani saqlash buyurilgan. Shu maqsadda masjiddagi gilamlarda maxsus belgilar qo‘yib chiqilgan. Bundan tashqari, masjidlarga namozdan 20 daqiqa oldin kelish mumkin. Namoz ado etilgandan 20 daqiqa ichida masjidlar yopiladi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, podshohlikda koronavirusga chalinganlar soni 80 mingdan oshdi, undan 441 kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026