Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Sirdaryoda toshqindan zarar ko‘rgan oilalar uchun zarur vositalarni yetkazib berdi
Insonparvarlik yordami oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa zarur narsalardan (gigiyena vositalari, ko‘rpa-to‘shaklar, choyshablar, suv tozalash uchun tabletkalar va boshqalar) tashkil topgan.
Foto: AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi
AQShning O‘zbekistondagi elchisi Daniel Rozenblyum AQSh O‘zbekistonga ko‘rsatayotgan yordamining bir qismi sifatida, Sardoba suv ombori o‘pirilishi ortidan “Sog‘lom avlod uchun” nodavlat xayriya jamg‘armasiga zarur vositalarni topshirdi. Ushbu insonparvarlik yordami tabiiy ofatdan jabrlangan 2000ta oilaga yetkaziladi.
Qo‘shma Shtatlarning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar qilishicha, AQSh hukumati Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) qoshidagi Tabiiy ofatlarda yordam ko‘rsatish boshqarmasi orqali taqdim etgan insonparvarlik yordami oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa zarur narsalardan (gigiyena vositalari, ko‘rpa-to‘shaklar, choyshablar, suv tozalash uchun tabletkalar va boshqalar) tashkil topgan.



Bularning barchasini O‘zbekistondagi “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi mahalliy ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilardan sotib olib, har bir jabrlangan oila uchun alohida paketlarga joylagan. Jamg‘arma ushbu insonparvarlik yordamini suv toshqini bo‘lgan hududlarga yetkazib beradi hamda uni Sirdaryo viloyatidagi hududiy filiali orqali tarqatadi.
“Sirdaryo viloyati hokimiyati bilan hamkorlikda “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi yordamga muhtojlarni aniqladi va u AQSh hukumati ko‘magi o‘z egalariga yetib borishini kafolatlaydi. Ushbu xayriyadan asosiy maqsad ehtiyojmand oilalarning xavfsizligi, tinchligi, sanitariya himoyasi va shaxsiy gigiyenasini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Ushbu insonparvarlik yordami bilan AQSh hukumati suv ombori o‘pirilishi tufayli uylaridan evakuatsiya qilingan muhtoj oilalarga oziq-ovqat va boshqa asosiy vositalarni tarqatish orqali O‘zbekistonga inqirozga tegishli javob qaytarishda yordam beradi”, - deyiladi ma'lumotda.


Qayd etilishicha, favqulodda yordamni qo‘llab-quvvatlashdan tashqari, USAID mamlakat iqtisodini diversifikatsiya qilish va mintaqaviy savdoni kuchaytirish, salomatlikka jiddiy xavflarni bartaraf etish hamda aholi ehtiyojlarini qondirishda hukumat imkoniyatlarini mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston hukumati bilan birgalikda ish olib bormoqda.
Mavzuga oid
23:50 / 11.01.2026
AQSh Eronga qo‘shin jo‘natish ehtimolini ko‘rib chiqmayapti – OAV
18:06 / 10.01.2026
Venesuela va AQSh diplomatik munosabatlarni tiklamoqchi
16:59 / 10.01.2026
Ishinger: Rossiya yevropaliklar bilan emas, AQSh bilan muzokaraga qiziqyapti
14:26 / 10.01.2026