Koronavirus: Bugun uch hududda aholi orasida yangi holatlar aniqlandi
30 may kuni O‘zbekistonda jami 58ta yangi zararlanish holati qayd etildi va 55 bemor tuzaldi. Shu vaqtgacha 2753 kishi sog‘aygan, ayni vaqtda shifoxonalarda 749 bemor davolanmoqda.
Bugun yangi holatlar uchta hududda - Toshkent shahri, Samarqand va Namangan viloyatlarida qayd etildi. SSV matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayevning telegramdagi kanalida bemorlar qayd etilishi va sog‘ayishi bo‘yicha ko‘rsatkichlar jadvalini keltirdi.
58ta yangi kasallanish holatining 21tasi aholi orasida qayd etilgan.
Xususan, Toshkent shahrida jami 11ta yangi holat aholi orasida qayd etilgan, ularning ikkisi avvalroq «O‘rikzor» bozorida koronavirus aniqlangan sotuvchining farzandlaridir. Bugun Toshkentda 44 bemor tuzaldi.
Shu vaqtgacha poytaxtda 1604ta holat qayd etilgan, bemorlarning 1063 nafari davolanib chiqqan, 6 kishi vafot etgan, ayni vaqtda shahardagi shifoxonalarda 541 nafar bemor davolanmoqda.
Samarqand viloyatida aholi orasida 8 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgan. Bugun viloyatda 9 nafar bemorga javob berildi.
O‘zbekiston bo‘yicha eng og‘ir vaziyat saqlanib turgan hududlardan bo‘lmish Samarqandda shu vaqtgacha 360ta zararlanish holati qayd etilgan, bemorlarning 274 nafari davolanib chiqqan, 2 kishi vafot etgan. Viloyatda so‘nggi kunlarda uzluksiz yangi holatlar qayd etilmoqda.
Namangan viloyatida bemorlar soni 2 nafarga o‘sdi, To‘raqo‘rg‘on tumanida yangi kasallanish holatlari qayd etilgan.
Viloyatda shu vaqtgacha 258ta holat qayd etilgan - shundan 155tasi Namangan shahrida. Shuningdek, Namangan tumani (49), Uychi tumani (28), Uchqo‘rg‘on tumani (12), Norin tumani (5), Yangiqo‘rg‘on tumani (4), Pop tumani (2), Chust tumani (1)da kasallanish holatlari qayd etilgan. Kosonsoy, Mingbuloq va Chortoq tumanlarida shu vaqtgacha kasallanish holatlari qayd etilmagan.
Viloyatdagi bemorlarning 247 nafari tuzalib bo‘lgan (96 foiz), ayni vaqtda shifoxonalarda 7 bemor davolanmoqda.
Bugun qayd etilgan holatlarning yana 33tasi karantin muassasalarida aniqlangan - so‘nggi kunlarda Rossiyaning Moskva va Sankt-Peterburg shaharlaridan reyslar orqali olib kelingan, shuningdek Rossiyadan Qozog‘iston orqali va Qozog‘istonning o‘zidan kelgan fuqarolarga virusga chalinish tashxisi qo‘yilgan.
Jumladan, 27 may kuni Rossiyadan kelgan 2, 28 may kuni 1 nafar Qozog‘iston va yana 1 nafari Sirdaryo viloyatiga «Guliston» chegara posti orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida tasdiqlandi.
Shu vaqtgacha kasallikka chalingani qayd etilgan 3546 kishidan 2783 nafari sog‘ayib, davolanish darajasi 78 foizni tashkil etmoqda. 749 nafar bemor yurtimizning 7 hududidagi tibbiyot muassasalarida davolanishmoqda. Ulardan 6 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Bugun mamlakatda jami 1379 kishi uy karantiniga olindi, 698 kishi uy karantinidan chiqarildi.
Shuningdek, 1267 kishi statsionar karantinga olinib, 1479 kishi o‘z uyiga kuzatildi.
Tavsiya etamiz
Qozog‘istonda hashamat solig‘i, Afg‘onistonda qimmat internet va Turkmanistonda taqchil yog‘ - Markaziy Osiyo hafta ichida
Jahon | 12:43 / 02.03.2025
Toshkentda taksida chaqaloq tug‘ildi
Jamiyat | 23:33 / 01.03.2025
Toshkent viloyatida vazni 7 kilodan ziyod qiz tug‘ildi
Jamiyat | 22:30 / 01.03.2025
Tishlari to‘kilgan qonun, avtomobil importidagi muzlash va Uzundagi jinoyat(lar) - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 20:59 / 01.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeK rahbari Yevropani qayta qurollantirish rejasini taqdim etishga va’da berdi
Jahon | 23:25 / 02.03.2025
-
Shimoliy yarimshardagi jazirama va qurg‘oqchilik olimlarni tashvishga solmoqda
Jahon | 22:42 / 02.03.2025
-
Yevropa AQSh va NATOsiz omon qoladimi?
Jahon | 22:30 / 02.03.2025
-
Moskva viloyatidagi savdo markazida otishda yuz berdi. Uch kishi jarohat oldi
Jahon | 22:26 / 02.03.2025
Mavzuga oid

13:35 / 21.01.2025
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi

21:59 / 27.11.2022
Xitoyda koronavirus cheklovlariga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda

00:22 / 26.11.2022
Pekinda koronavirus avj olgani tufayli yangi cheklovlar kiritilmoqda

22:24 / 07.11.2022