O‘zbekiston | 00:56 / 30.05.2020
7563
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston gumanitar yordam sifatida Tojikistonga 1000 tonna un yuboradi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston qo‘shni Tojikistonga yana gumanitar yordam yuboradi. Bu haqda Aziya-Plyus yozmoqda.

Manbada aytilishicha, Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan 1000 (ming) tonna un Tojikistonga yuboriladi. Shuningdek, umumiy miqdori 19  vagon bo‘lgan gumanitar yordam yuklari orasida tibbiyot vositalari va oziq-ovqatlar ham bor.

O‘zbekiston pandemiya vaqtida Tojikistonga eng ko‘p gumanitar yordam yuborgan davlat hisoblanadi. Hafta boshida qo‘shni respublikaga koronavirusga qarshi kurashda yordam uchun 24 tonna tibbiyot vositalari yuborilgandi. Bundan oldin 9 aprel kuni ham O‘zbekistondan Tojikistonga 18 vagon un va tibbiyot vositalari jo‘natilgan.

8 may kuni o‘zbekistonlik 8 nafar oliy toifali shifokorlar guruhi koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun Tojikistonga borgan. Ular bilan birga qo‘shni respublikaga 10 tonna tibbiyot vositalari, jumladan 10ta sun'iy nafas olish uskunasi yuborilgandi. Bundan tashqari O‘zbekiston 144ta tibbiy konteynerlarni qo‘shni mamlakatga yordam sifatida taqdim etgan. Ular hozirda Dushanbeda o‘rnatilib bemorlarni qabul qila boshlagan.

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid