Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Sumitomo Mitsui Banking Corporation O‘zbekistonda investitsiya loyihalarini amalga oshiradi
Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banklarining kredit mablag‘lari ishtirokidagi investitsiya loyihalari bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslarining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining “Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banklarining kredit mablag‘lari ishtirokidagi investitsiya loyihalari bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslarining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining quyidagi investitsiya loyihalarini Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) va “Sumitomo Mitsui Banking Corporation” (SMBC) banki ishtirokida amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi:
“Ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazini yaratish (Data-markaz)”;
“O‘zbektelekom” AKning xalqaro paketli kommutatsiya markazlarini kengaytirish”;
“O‘zbektelekom” AK telekommunikatsiya transport tarmog‘i va ma'lumotlarni uzatish tarmog‘ini kengaytirish” loyihalari.
Quyidagilar yuqorida ko‘rsatilgan loyihalarni moliyalashtirish manbalari etib belgilanadi:
bajariladigan kontraktlar qiymatining 15 foizi – SMBC kreditlari hisobidan, yillik 4,0 foiz qo‘shilgan 6 oylik LIBOR (iyena) va “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJning 0,5 foiz miqdoridagi marjasiga teng bo‘lgan foiz stavkasi bilan 6 yil muddatga yapon iyenasida taqdim etiladi;
bajariladigan kontraktlar qiymatining 85 foizi – Yaponiya eksport sug‘urta agentligi ostidagi Yaponiya xalqaro hamkorlik bankining imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan, yillik 1,48 foiz qo‘shilgan JPY CIRR va “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJning 0,5 foiz miqdoridagi marjasiga teng bo‘lgan foiz stavkasi bilan 10 yil muddatga yapon iyenasida taqdim etiladi.
Belgilab qo‘yilishicha:
“O‘zbektelekom” AK kreditlardan maqsadli va samarali foydalanish, loyihalar bo‘yicha mas'ul hamda loyihalarni amalga oshirish uchun javobgar bo‘lgan ijro organi hisoblanadi;
JBIC va SMBC kreditlarini qaytarish, foizlar, komissiyalar va ular bo‘yicha boshqa xarajatlar “O‘zbektelekom” AKning o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
19:52 / 09.06.2026
Prezident huzurida Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi
21:09 / 08.06.2026
Prezident 4-mis boyitish fabrikasi loyihasini ishlab chiqishni jadallashtirishni buyurdi
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026