O‘zbekiston | 16:45 / 31.05.2020
19556
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 2800dan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Samarqandda 7, Toshkentda 47 nafar bemor tuzalib, O‘zbekistonda shu vaqtgacha koronavirusdan tuzalganlar soni 2837 nafarga yetgani to‘g‘risida xabar berdi.

Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 7 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Samarqandda tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan (Toyloq tumanidan 2 nafar, Past Darg‘om, Urgut, Oqdaryo, Payariq tumanlari va Samarqand shahridan 1 nafardan). Ularning 4 nafari erkak, 3 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 72 yoshda, yoshi kichigi esa 5 yoshda. 

Viloyatda hozirga qadar sog‘ayganlar soni 281 nafarga yetdi. 

 

Shuningdek, Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 33 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 14 nafar, jami 47 nafar bemor  sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 23 nafari erkak, 10 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 68 yoshda, yoshi kichigi 2 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent va Xorazm viloyatlaridan 5 nafardan, Samarqand viloyatidan 4 nafar, Farg‘ona viloyatidan 3 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo, Jizzax, Buxoro, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahridan 2 nafardan, Andijon, Qashqadaryo, Namangan viloyatlari hamda Qozog‘iston Respublikasidan 1 nafardan.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 8 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 57 yoshda, yoshi kichigi 11 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent va Farg‘ona viloyati hamda Toshkent shahridan 2 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Andijon, Namangan va Xorazm viloyatlaridan 1 nafardan.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 1063 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 1110  nafarga yetdi.

Bugun O‘zbekistonda hozirga qadar 54 nafar bemor tuzalib, sog‘ayganlar soni 2837 nafarga yetdi.

Ayni vaqtda respublikaning 7 hududidagi shifoxonalarda 710 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 9 nafar bemor og‘ir, 1 nafar bemor esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid