Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Narpay tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar D.A., M.A. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, Paxtachi tumani hududida noqonuniy faoliyat yuritib kelgani aniqlangan.
Ular tarkibida oltin bo‘lishi mumkin bo‘lgan 5 tonna ma’danli toshlarni tegishli ruxsatnomasiz qazib olib, qo‘lbola usulda yasalgan uskunalar yordamida oltin ajratib olish bilan shug‘ullangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 196-2-moddasi (foydali qazilmalarni oltin izlovchilar usulida ruxsatnomasiz qazib olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.











